Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki hududda o‘qishga va ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
O‘qishga va ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro M.S. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Navoiy Innovatsiyalar universitetining 3-bosqichiga imtihon sinovlarisiz o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Sariosiyo tumanida yashovchi S.S. fuqaro A.Yu.ning ishonchiga kirib, uni 500 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida "Sharg‘un" ko‘mir koni AJga ishga kiritib qo‘yishini aytib, 6,3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
15:21 / 12.02.2026
Milliy statistika: 2025 yilda o‘qish uchun xorijga chiqish kamaygan
15:09 / 07.01.2026