Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev qozoq-o‘zbek tandemi hayotiy zarurat ekanini ta’kidladi
Bu haqda Qozog‘iston rahbari O‘zbekistonga norasmiy tashrifi chog‘ida, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qozoq-o‘zbek tandemi hayotiy zarurat ekanini, faqat birgalikda va oshkora tarzda mamlakatlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash mumkinligini ta’kidladi.
Bu haqda davlat rahbari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda aytib o‘tdi. Uning so‘zlarini Oqo‘rda keltirdi.
Qayd qilinishicha, To‘qayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 2034 yilgacha bo‘lgan strategik sheriklik va ittifoqchilik dasturi qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv chog‘ida ikki davlat rahbarlari iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, energetika, transport, suv xo‘jaligi, IT-sanoat sohalarida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashdi.
Suhbat chog‘ida madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, Qozog‘iston va O‘zbekistonning noyob sayyohlik salohiyatini ochib berishga alohida e’tibor qaratildi.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Shavkat Mirziyoyev mintaqaviy masalalar bo‘yicha kun tartibini ko‘rib chiqdi va xalqaro tuzilmalardagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
20:25 / 29.05.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi
21:18 / 19.05.2026