Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari Özbekistondagi umumta’lim maktablarida davomat bilan boğliq holatni örgandi.

Tahlil natijasida aniqlanişiça, 2022 yilda maktablardagi örtaça davomat 83,6 foizni taşkil etgan bölsa, 2023 yilga kelib 82,5 foizga tuşgan.

Hududlar böyiça davomatning eng past körsatkiçlari Toşkent şahri (57,8 foiz), Jizzax (76,9 foiz), Toşkent (75,8 foiz) va Farğona (79,8 foiz) viloyatlarida kuzatilgan. Eng yuqori körsatkiçlar esa Buxoro (89,1 foiz), Surxondaryo (88,3 foiz) va Qaşqadaryo (88,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Predmetlar kesimida, boşlanğiç sinf öquvçilari orasida eng past davomat körsatkiçlari özbek tili va matematika predmetlarida kuzatilgan.

Örta sinf öquvçilari orasida özbek tili, informatika, adabiyot va ingliz tili fanlari, yuqori sinf öquvçilari orasida ham özbek tili, informatika, algebra va ingliz tili fanlarida davomatning eng past körsatkiçlari kuzatilgan.

Ota-onalar orasida ötkazilgan sörov natijalariga köra,  betob bölib qolişi (75,4 foiz), ota-onasiga işlarda yordam berişi (8,9 foiz), ota-onasi işga çiqişi kerakligi, 6 yoşgaça bölgan bolalarga qaraydigan boşqa odam yöqligi (3,1 foiz), xususiy öqituvçi/repetitor bilan öqişi (1,7 foiz), maktabga borişi uçun qöşimça xarajatlarga mablağ yetişmasligi (1,1 foiz) öquvçilarning dars qoldirişidagi asosiy sabablardir. Sörovda qatnaşgan ota-onalarning 8,5 foizi farzandi nima sababdan dars qoldirganini bilmasligini aytgan.

PISA (öquvçilarning ta’limdagi yutuqlarini baholaş böyiça xalqaro dastur) ma’lumotlariga köra, Özbekistonda darslarni ketma-ket uç oy qoldirgan öquvçilar uluşi 18,5 foizni taşkil etgan (PISA’da iştirok etgan mamlakatlar orasidagi örtaça körsatkiç 10,3 foiz). Bu körsatkiç öğil bolalar orasida qiz bolalar orasidagi körsatkiçga nisbatan yuqoriroq.