Jahon | 19:50 / 08.04.2024
21382
6 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Xarkivda yangi bomba qo‘lladi. Limanda odamlar yerto‘lada yashamoqda va g‘alabaga ishonmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 774-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qo‘shini Ukrainaga 17 ta dron bilan hujum qildi. Xarkivda xususiy va ko‘p qavatli uylar shikastlangan. Uch kishi jarohatlangan.
  • Belgorod oblasti rahbari region bo‘ylab dronlarning yangi hujumi amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berdi. Belgorod rayonida urib tushirilgan dron parchalari olti kishidan iborat oila a’zolari ketayotgan avtomobil ustiga tushgan, bir qiz halok bo‘lgan.
  • Zaporijjya oblastida rossiyaliklar zarbasi oqibatida tinch aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘ldi, Xarkiv oblasti Kupyansk shahrida bir ayol hujum qurboniga aylangan.
  • Slovakiyadagi prezidentlik saylovlarida Peter Pellegrini g‘alaba qozondi — u bosh vazir Robert Fitsoning safdoshi bo‘lib, Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatilishiga qarshi hisoblanadi.
  • Ukraina prezidenti mamlakat qurolli kuchlari qarshi hujum o‘tkazish uchun snaryadlarga ega emasligini ma’lum qildi.

Xarkiv yana o‘qqa tutildi

Rossiya qo‘shini Xarkivni yana dron va raketalar bilan o‘qqa tutdi. Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkiv so‘nggi haftalarda har kuni zarbaga uchramoqda.

Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, 7 aprel kuni Xarkivda RF qo‘shini yana yangi UMPB D-30 bombasini qo‘llagan. Rossiya Ukrainada bunday o‘q-doridan foydalangani haqidagi ilk xabarlar mart oyi boshida paydo bo‘lgandi, mart oyi oxirida bu bombani RF qo‘shini Xarkivda ham qo‘lladi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 7 aprel kuni Xarkiv va mamlakat sharqiga zarbalarni kuchishlatar idoralar rahbarlari bilan muhokama qildi. «Odamlarimizga ishonchli muhofaza taqdim etish uchun ish olib bormoqdamiz. Dushman uchun javob tayyorlayapmiz — juda aniq va adolatli», — deya muhokama yakunlarini keltirgan Zelenskiy.

 

Rossiyaning 7 aprel kuni kunduzi Xarkivga yo‘llagan zarbasida besh kishi jarohatlanadi
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkivning Shevchenkovo va Industrial rayonlarida jami 20 dan ortiq avtomobil shikastlangan
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning aytishicha, Xarkivning Shevchenkovo rayonida Rossiya zarbalari oqibatida 19 bino, Industrial rayonida — ikkita ko‘p kvartirali uy va sanoat korxonasi shikastlangan.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkiv aholisi Rossiya zarbasi kelib tushgan joylardan birida
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar Xarkivga hujum oqibatlarini bartaraf etmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Limandagi hayot

Liman okkupatsiya qilingan Donetskdan taxminan yuz kilometr shimolda joylashgan. Yirik temiryo‘l tuguni sanalgan Limanda urushga qadar 30 ming atrofida odam yashagan. 2022 yil may oyi oxirida Rossiya qo‘shini shaharni egallagan, ammo o‘sha yil oktyabrida Ukraina qurolli kuchlari shaharni ozod etishga muvaffaq bo‘lgan. Front chizig‘iga yaqin joylashgan shahar deyarli butkul vayron qilingan, ammo u yerda odamlar yashashda davom etmoqda. «Biz barchamiz charchadik, ham jismonan, ham ruhan. Ammo biz g‘alabani kutyapmiz. Men shuncha odam o‘ldirilganidan keyin [muzokaralar] bo‘lishi mumkin deb o‘ylamayman. Qotillar bilan qanday kelishish mumkin?» — degandi BBC News muxbiriga Limanda yashovchi 42 yoshli Irina 2024 yil fevralida. Ammo reportaj muallifi Endryu Hardingning aytishicha, aholining barcha vakillari ham bu fikrga qo‘shilmaydi. «Hozir faqat tinchlik muhim. Men tinchlik istayman. Faqat tinchlik. Har qanday shartlarda», — degan jurnalistga 74 yoshli Oleksandr Rogovets.

Limandagi ko‘p uylar otishmalar natijasida vayron bo‘lgan. Ammo ayrim kvartiralarda yashasa bo‘ladi
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
Limanda qolganlarning ko‘pchiligi xuddi kvartirasi vayron bo‘lgan 67 yoshli Lyubov kabi yerto‘lalarda yashamoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
Uylarini yo‘qotgan limanliklar yerto‘lalarda uxlaydi, yegulik tayyorlaydi va otishmalardan yashirinadi
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / Getty Images
67 yoshli Lyubov va 70 yoshli Svetlana birgalikda yerto‘lada yashab, bir-biriga yordam beradi
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
70 yoshli Svetlana kvartirasidan ayrim buyumlarini, jumladan qarindoshlarining fotosuratlarini olib chiqqan
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / Getty Images
Liman aholisi 2024 yil fevralida BBC News bilan suhbatda shahar ozod etilganidan keyin elektr ta’minoti tiklanganini aytgan. Fotoda ikki yildan buyon yerto‘lada yashayotgan 45 yoshli Volodimir televizor tomosha qilmoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Donetskni nazorat qiluvchi DXR rasmiylari shahardagi turar joy kvartallari o‘qqa tutilishida ukrain harbiylarini ayblab keladi
AFP / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid