Bundan qariyb 62 yil avval SSSRda fojiali voqealardan biri bölib ötadi. Novoçerkassk şahrida maoş kam va mehnat şaroiti yomon holatda narxlar oşirilgani uçun namoyişga çiqqan odamlar öqqa tutiladi. Uşbu iş Stalin davridan keyin SSSRda sodir bölgan eng qonli hodisa sifatida eslanadi. Sovetlar bu fojiani yaşirişadi va omma hodisa tafsilotlaridan SSSR parçalanib ketgandan söng xabar topadi.
SSSRni Stalin boşqargan 31 yilda juda köp qatağonlar ötkazilgan. 1920-yillar örtalarida avval şahar joylarida öz tirikçiligini ötkazib yurgan turli hunarmandlar, baqqollar, dökondorlar mulkiga çang solinadi.
Söng navbat qişloq joylariga keladi. 1928-1932 yillarda kollektivlaştiriş bahonasida boylar va örtahollar ayovsiz talanadi. Ularning aksariyati surgun qilinib, boşqa qismi öldiriladi.
1935-yillardan boşlab navbat odamlarni “Xalq duşmani” deb atab jazolaşga yetib keladi. 1937-1939 yillarda millionlab odamlar qamaladi va öldiriladi. Bu davr tarixçilar tomonidan “Katta terror” nomi bilan ataladi.
1941-1945 yillarda mamlakat uruş bilan andarmon böladi. Uruş tugagaç yana qatağonlar avj oladi. Mamlakat böylab adiblarni, keyin “Vraçlar işi” böyiça közga köringan şifokorlarni qamaşadi.
Umumiy hisobda Stalin SSSRni boşqargan yillarda 20 milliondan oşiq qatağon qilinadi. Jazolanganlarning asosiy qismi vafot etadi.
1953 yil 5 mart kuni Stalin vafot etgaç öşa yil kuzgaça millionlab odamlar qamoqdan ozod qilinadi. Şu bilan birga Stalin qatağonlarining asosiy ijroçilari bölgan NKVD boşliği Lavrentiy Beriya va uning yordamçilari hibsga olinib, otib taşlanadi.
Şundan söng xalq birmunça erkin nafas ola boşlaydi. Biroq Stalin vafot etgan bölsa ham avvalboşdan zöravonlik va zulm ustiga qurilgan sovet davlati yaşayotgan edi.
Maoşlar kamligi, oğir mehnat şaroiti tufayli mamlakatning bir neçta joylarida işçilar yoki aholi noroziliklari sodir böladi. Biroq ularning barçasi ayovsiz bostiriladi.
1962 yilda Rostov viloyatida joylaşgan Novoçerkassk şahridagi işçilar noroziligi ham ayovsiz tarzda bostirilgan va hodisa SSSR tarqab ketgunça ommadan yaşirilgan edi.
Novoçerkasskdagi fojiadan oldin nima bölgandi?
Stalin vafotidan söng mamlakatni Nikita Xruşçyov boşqara boşlaydi. Bugun keksa yoşdagi insonlar uning “jöxori jinnisi” bölganini yaxşi eslaşadi.
1959 yilda u AQŞga davlat taşrifi bilan boradi va okean ortida ikki hafta yuradi. Safar davomida unga makkajöxoridan yuqori hosil olayotgan amerikalik fermerning yerlarini ham körsatişadi.
Mavzuga oid
Öşa paytda SSSRda oziq-ovqat taqçilligi bor edi. Xruşçyov ana şu muammoni hal etiş uçun butun mamlakat böylab makkajöxori ekişga buyruq beradi.
Oqibatda magazin peştaxtalaridan buğdoy uni yöqoladi va uning örnini jöxori uni egallaydi. Biroq bu iş SSSRdagi oziq-ovqat taqçilligi muammosini hal qilmaydi.
1960-yillar boşida SSSR ilk bor xorijdan buğdoy xarid qiladi. Baribir muammo hal bölmaydi. Şundan söng işlab çiqarişni va boşoqli ösimliklar ekişni rağbatlantiriş maqsadida Xruşçyov narxlarni oşirişga buyruq beradi.
Foto: alamy.com
1962 yil 1 iyun kuni SSSR ministrlar soveti “Göşt va sut mahsulotlarining narxlarini oşiriş böyiça” qaror qabul qiladi. Qaror matni mamlakatdagi barça gazetalarda çop etiladi. Radioda öqib eşittiriladi.
Bu qaror şundoq ham oğir ahvolda yaşayotgan odamlarda norozilik kayfiyatini uyğotadi. Moskva, Leningrad, Kiyev, Donetsk, Dnepropetrovsk va boşqa yirik şaharlarda “xalqqa qarşi bölayotgan sovet hukumatini” ağdarişga çorlovçi varaqalar tarqatila boşlanadi.
Novoçerkassdagi norozilik
Göşt va sut mahsulotlari narxining oşirilişini boşqalar kabi Novoçerkasskdagi elektrovoz işlab çiqariluvçi zavod işçilari ham noxuşlik bilan qarşilaşadi.
Bu zavod işçilari şahardagi boşqa korxonalar işçilariga qaraganda juda oğir mehnat bilan band, biroq maoşlar unça yaxşi emasdi. Bundan taşqari, zavodda işçilarning ovqatlanişi, dam olişi bilan boğliq vaziyat ham açinarli edi.
Şu sababli ham zavodga yangi işçilar kelmay qöygan, rahbariyat işçilar taqçilligini yopiş uçun qamoqxonadan mahkumlarni olib kelib işlata boşlaydi.
Mahkumlar işçilardan farqli ravişda mehnat şaroitini yaxşilaşni, ovqat ratsionini sifatli va kaloriyali qilişni talab qilişmas, boriga şukr qilib işlayverişadi.
Hali ministrlar sovetining göşt va sut mahsulotlari narxini oşiriş haqidagi qarori e’lon qilinmasdan avval 1962 yil bahorda bir neça marta iş taşlaş uyuştirişgan, rahbariyat şaroitlarni yaxşilaşga va’da bergan, biroq bajarmay kelayotgandi.
1962 yil 1 iyun kuni qaror OAVda e’lon qilinar ekan, ertalabdan zavodga kelgan işçilar uskunalarni işga tuşiriş örniga zavod hovlisida yiğila boşlaşadi.
Soat 10:00 da yana bir sexning 200 dan oşiq işçilari işni töxtatişadi. Soat 11:00ga borib zavod hovlisida 1 000 dan oşiq işçi töplanadi. Ular zavod rahbariyati oldiga “Biz qanday kun keçiraylik?” degan savolni qöyişadi.
Rahbariyat esa yana va’da berişni boşlaydi. Biroq bu safar işçilar yolğon va’dalarga işonmasliklarini bildirişadi. Şu joyda zavod direktori yeyişga narsalaring bölmasa, birgalikda pirojki yeymiz” deydi. Işçilar uning bu gapini haqorat ölaroq qabul qilişadi.
Tuşga borib elektrovoz işlab çiqariluvçi zavod işçilari iş taşlaganini eşitgan Novoçerkasskdagi boşqa yana bir neçta korxona işçilari ham iş taşlaydi. Şu tariqa jarayon butun şaharga yoyiladi.
Zavod direktorining haqoratomuz gapidan söng elektrovoz işlab çiqariluvçi zavod işçilaridan 500 nafari turli plakatlar kötarib şahar köçalariga çiqadi.
Öşa kuni ertalab işçilar iş taşlaşni boşlaganda bu haqda Novoçerkassk şahar va Rostov viloyati partiya qömitasi kotiblariga xabar berilgandi. Işçilar köçaga plakatlar kötarib çiqqan paytda ular şaharga yetib kelişadi.
Ular işçilar qarşisiga çiqib muzokaralar ötkazişga urinişadi. Jarayon 13 soat davom etadi. Bu paytda viloyat obkomi kelganini eşitgan boşqa işçilar ham namoyişçilarga qöşiladi. Natijada ularning soni 5 ming kişiga yetadi.
Viloyat hokimi vaziyatni öz nazoratiga olişi va şaroitlar yaxşilanişi haqidagi va’dalariga işonmagan işçilar Moskva va mintaqani özaro boğlaydigan temiryölni tösib qöyişadi. Oqibatda Saratov-Rostov yölovçi poyezdi yölda qolib ketadi.
Şu paytda namoyişçilar orasida bölgan ayrimlar toş otib bir neçta vagonning oynalarini sindirişadi.
Novoçerkasskdagi hodisalar haqida olingan filmdan kadr
Viloyat obkomi işçilarni töxtatib qololmagaç hodisa haqida darhol Moskvaga xabar beradi. Xruşçyov namoyişdan xabar topadi va yiğiliş çaqiradi.
Yiğilişda u KGB rahbari V.Semiçastnim, IIV rahbari V.Tikunov va Mudofaa vaziri R.Malinovskiyga qisqa muddatda sovet hukumatiga qarşi kötarilgan namoyişni bostirişga buyruq beradi.
Şundan söng Şimoliy Kavkazdagi armiya qömondonlariga, KGB va IIB rahbarlariga tegişli topşiriqlar beriladi. Rostov şahridan Novoçerkassk tomon harbiylar, KGB xodimlari va militsionerlar harakatlana boşlaydi.
Öşanda Novoçerkasskga Içki qöşinlar tarkibidagi maxsus rotaning 150 nafar harbiysi yuboriladi. Ular 1 iyun kuni soat 16:00 da elektrovoz işlab çiqariluvçi zavod yaqinida turgan namoyişçilar oldiga yetib kelişadi.
Harbiylar namoyişçilarga darhol tarqaliş buyruğini berişadi. Işçilar parvo ham qilişmaydi. Şundan söng namoyişçilar oldiga Rostov şahar va viloyati, Novoçerkassk şahri partiya qömitasi rahbarlari çiqib işçilardan namoyişlarni töxtatişni va tarqalişni söraşadi.
Ular işçilarga agar tarqalişmasa oqibati yomon bölişini ta’kidlaşadi. Bu gaplarni eşitgan işçilarning ayrimlari jazavaga tuşadi va rahbarlar tomon turli buyumlar uloqtiriladi. Ular qoçib ketişadi.
1 iyun kuni soat 19:00 larda 200 kişidan iborat militsiya otryadi işçilarni kuç bilan tarqatişga urinadi. Biroq kuçi yetmaydi.
Soat 20:00 larda militsionerlarga harbiylar yordamga kelişadi. Biroq harbiylar namoyişçilarni kuç bilan tarqatişga urinmaydi. Ularga qömondonlik qilgan general Matvey Şapoşnikov işçilarga kuç işlatişga ruxsat bermaydi. Namoyişçilar tunda öz joylarida qolişadi.
2 iyun kuni ertalab Novoçerkasskga, söng zavod hududiga harbiylar tanklar kolonnasi bilan kirib keladi. Ana şu paytda kimdir tanklar bir neça odamni bosib yançib ketgani haqida aytib qoladi.
Şundan söng namoyişçilar tanklarga qarata turli narsalarni irğita boşlaşadi. Boşqalari tanklarning zanjiri ostiga temir bölaklari taşlab ularni işdan çiqarişadi. Oqibatda bir neça askar jarohatlanadi.
Novoçerkasskdagi hodisalar haqida olingan filmdan kadr
2 iyun kuni işçilar Moskva-Boku poyezdini ham töxtatib qöyişadi va Leninning portlarini kötarib şahar markazi tomon harakatlana boşlaşadi.
Novoçerkassk aholisi işçilarning oğir şaroitidan xabardor edi. Şuningdek, ular ham ministrlar sovetining göşt va sut mahsulotlari narxini oşiriş haqidagi qaroridan norozi edi.
Ana şunday vaziyatda mas’ullar işçilarning muammosini hal qiliş örniga şaharga harbiylar tanklarda kirib kelgani şahar aholisini ham ğazablantirib yuboradi. Ular ham namoyişga çiqib, işçilar safiga qöşila boşlaşadi.
Namoyiş kölami kengayganini körgan mas’ullar darhol Moskvaga Xruşçyovga qönğiroq qilişadi. Xruşçyov bir kun oldin bergan buyruğini takrorlaydi: Sovet hukumatiga qarşi boş kötarganlar harakati kuç bilan bostirilsin.
Xruşçyovning buyruği harbiylarga yetkaziladi. Biroq general Şapoşnikov buyruqni bajarişga şoşilmaydi. Harbiylar işçilarga kuç işlatmaydi. Buning örniga faqat Novoçerkasskdagi barça ma’muriy binolarni qöriqlaş kuçaytiriladi.
2 iyun kuni soat 10:00 larda namoyişçilarning asosiy guruhi şahar ma’muriyati binosi tomon harakatlana boşlaşadi. Ularning qarşisiga harbiylar çiqişadi. Şu paytda Moskvadan bir qator yuqori martabali amaldorlar, KGB boş boşqarmasidan ikki general Novoçerkasskga yetib keladi.
Tuşdan söng namoyişçilar bir neça guruhga bölinadi. Ularning bir qismi şahar ma’muriyatiga, boşqa qismi bank binosiga qarab boradi. Yana bir guruh boşqa ma’muriy binolar tomon harakatlanişadi.
Ularning yölini tösgan harbiylar avvaliga havoga ogohlantiriş öqlarini uzişadi. Şunda kimdir “Qörqmanglar, ular böş patronlardan öq uzişyapti”, deb baqiradi. Biroq öqlar haqiqiy edi.
Şundan söng şaharda bölib turgan harbiylar, militsiya va KGB xodimlari namoyişçilarning old saflaridagilarni hibsga olişni boşlab yuborişadi. Ularga yordam bermoqçi bölgan orqa qatordagilarga esa öq uziladi.
Harbiylarning öqlaridan odamlar halok bölganini körgan namoyişçilarning asosiy qismi qoçib ketadi. Biroq 3 iyun kuni ertalab oz sonli odamlar, guvohlarning aytişiça ularning soni 500 nafar atrofida bölgan yana namoyişga çiqadi.
Namoyişçilar bu gal hibsga olinganlarni qöyib yuboriş va harbiylarni darhol şahardan olib çiqiş talabini ilgari surişadi. Biroq namoyişçilarning asosiy qismini tarqatib yuborgan harbiylar qolganlarga nisbatan kuç işlatişadi.
300 ga yaqin odam hibsga olinadi. Bir neça kişi harbiylar otgan öqdan halok böladi. 3 iyun keçga borib Novoçerkasskdagi namoyişlar butunlay bostiriladi. 4 iyun kuni şahar böylab hibsga olişlar davom etadi.
Rasmiy ma’lumotlarga köra öşanda Novoçerkasskda namoyişçilardan 24 kişi halok bölgan. 70 nafari jarohatlangan. Biroq hodisa guvohlari öldirilganlar va yarador qilingan odamlar soni bir neça barobar köp bölganini aytişgan.
Öşanda halok bölganlarning jasadlari yaqinlariga berilmaydi. Ular tunda şahardan yaşirinça olib çiqilib, Rostov viloyatidagi örmonlardan biriga yaşirinça kömib yuboriladi. Omma öşa qabriston qayerdaligi haqida SSSR parçalanib ketgaç xabar topadi.
Foto: alamy.com
Öşanda namoyişlar vaqtida 15 yoşli öğlidan ayrilgan ona hodisalarni şunday eslagandi:
“Menga öğlim namoyişçilarni öqqa tutişgan paytda halok bölganini aytişdi. Şundan söng şahar kengaşiga bordim. U yerda Sorokin kotib edi. Unga öğlimning tana tuzilişini ta’rifladim, “böyi baland, özi ozğin bola edi”. Sorokin menga “Özi nima xohlaysan?” dedi. Unga öğlimning jasadini berişlarini aytdim. Şunda uning jazavasi qözidi va “Bu yerda heç kim öq otmadi, heç kim ölmadi”. Sorokin şu gaplarni gapirayotganda yordamçilaridan biri kelib kafti bilan oğzimni yopdi va meni gapirişga qöymay taşqariga olib çiqdi. Söng şu holda harbiylarning oldiga olib keldi. U yerdan heç qanday ma’lumot ololmadim. Faqat ertaga keling deyişdi xolos. Ertasi kuni yana bordim. Sirotin meni döpposladi. Söng meni öşa yerdan töğri ruhiy kasalliklar şifoxonasiga olib borib joylaştirişdi”.
Şimoliy Kavkaz harbiy okrugi ma’lumotlariga köra öşanda na harbiylardan, na militsiya va KGB xodimlaridan heç kim halok bölmagan. Faqat 15 nafar harbiy örta oğirlikda, 40 nafari yengil jarohatlangan. Biroq bu halok bölgan va yaralangan namoyişçilar, şuningdek jarohatlangan harbiylar Moskvadagi rahbarlardan yaşirilgan.
Sud
Halok bölganlar yaşirinça kömib yuborilgaç KGB va militsiya qölga olinganlarni tergov qilişni boşlab yuboradi. Ana şunday vaziyatda Moskvadan tergovni uzoq vaqtga çözmasdan, işni tezroq tugatiş haqida buyruq olinadi.
Hibsga olingan namoyişçilar RSFSR Jinoyat kodeksining 77 va 79-moddalarida közda tutilgan banditizm va ommaviy tartibsizliklar uyuştiriş hamda sovet hukumatini ağdarişga urinişda ayblanadi.
1962 yil 13 avgustdan 20 avgustgaça Novoçerkasskda oçiq sud majlisi bölib ötadi. Sudda 7 kişi oliy jazo – otuvga hukm qilinadi. 103 nafar odam esa 2 yildan 15 yilgaça qamoq jazosi oladi.
Foto: forum.worldoftanks.ru
Şuningdek, namoyişlarning birinçi kuni odamlarni tarqatmaganlikda ayblanib general Şapoşnikov ham sud qilinadi. Uni qamaşmaydi. Biroq kompartiya safidan haydaşadi va işdan böşatişadi.
Şapoşnikovga qöyilgan ayblar 1988 yilda bekor qilinadi va u partiyaga tiklanadi. Bu paytda general nafaqaga çiqqani uçun işga qayta olmasdi.
Hodisaning yaşirilişi
Namoyiş bostirilgaç sovetlar bu hodisa tarqalib ketmasligi çoralarini körişadi. Eng avval namoyişni bostirişda qatnaşgan harbiylar va militsiya xodimlaridan hodisa haqida heç qayerda oğiz oçmaslik böyiça tilxat olişadi.
Tilxatda şunday yozilgandi:
“Men, Çerkassk şahar militsiyasi xodimi (şu joyda ism-şarif yozilgan) hukumat topşiriğini bajariş va bu haqdagi buyruqni davlat siri sifatida saqlaş majburiyatini olganim haqida tilxat beryapman. Agar uşbu va’damni buzsam, oliy jazoga hukm qilişlariga – otib taşlaşlariga roziman. 1962 yil 4 iyun soat 16:30”.
Şu tariqa Novoçerkasskda sodir bölgan hodisa barçadan yaşiriladi. Biroq bu işdan mamlakatdagi sovetlarga qarşi kişilar allaqaçon xabar topgan, hodisa tafsilotlari ular orqali xorij OAVga yetib borgandi.
1962 yil oktyabr oyida AQŞda çop etiladigan Time jurnalida Novoçerkasskda sodir bölgan fojia tafsilotlari çop etiladi. Bungaça Fransiya va Britaniyadagi bir neçta naşrlarda hodisa tafsilotlari qisqaroq yoritilgan edi.
Sovetlar Novoçerkasskdagi hodisalarni hujjatlaştirib arxivlarga joylaşadi. Biroq SSSR tarqab ketgunça arxiv KGB nazoratida bölgan va ulardan foydalanişning iloji bölmaydi.
1990 yilda esa Novoçerkasskdagi fojialarga tegişli 8 tomli arxiv tösatdan izsiz yöqoladi. Biroq bungaça harbiy prokuror Aleksandr Tretetskiy undan nusxa olişga ulgurgan edi.
Novoçerkassk fojiasi qurbonlari kömib yuborilgan joyda örnatilgan yodgorlik
Foto: yabloko.ru
1992 yilda hujjatlar oşkor qilinadi va xalq 30 yil avval Novoçerkasskda nimalar yuz berganidan xabar topadi.
1992 yilda Rossiya Boş prokuraturasi Novoçerkasskda odamlarning öqqa tutilişi böyiça jinoyat işi qözğatadi. Bu jinoyat işida Nikita Xruşçyov, uning yordamçisi Anastas Mikoyan va SSSR ministrlar soveti raisi örinbosari Frol Kozlov va yana 8 kişi ayblanadi. Ularning barçasi vafot etib ketgani uçun jinoyat işi töxtatiladi.
Oradan bir neça yil ötgaç 1996 yilda Rossiya prezidenti Boris Yelsin 1962 yilda Novoçerkasskdagi fojia böyiça maxsus farmon imzolaydi. Unga köra Novoçerkasskdagi namoyişlar böyiça odamlar nohaq ayblangan va jazolangan. Farmonda barça jazolar bekor qilinadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi