Toshkentda tok urishi oqibatida o‘quvchi vafot etgan maktab rahbarlariga hukm o‘qildi
O‘tgan yili dekabrda Mirzo Ulug‘bek tumanida 8-sinf o‘quvchisi tok urishi oqibatida vafot etgani ortidan 99-maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari qamoqqa olingan edi. Sud qarori bilan, unga 4 yil ozodlikdan mahrum etish, maktab direktoriga esa 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

2023 yil noyabri oxirida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktab hududida 8-sinf o‘quvchisi ochiq elektr simiga tegib ketib, tok urishi oqibatida vafot etgan edi.
O‘shanda poytaxt maktab ta’limi boshqarmasi bolani elektr toki urganini rad etib, u o‘yin maydonchasidan chiqib ketayotganda hushini yo‘qotgani, keyinroq kasalxonada vafot etganini bildirgan.
Keyinchalik sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasi o‘quvchining o‘limiga elektr toki urishi sabab bo‘lganini ko‘rsatdi.
16 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi Bahodir Qayumov raisligida bu jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud majlisida jabrlanuvchilar ayblanuvchilarga qonun doirasida jazo tayinlashini so‘radi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan ayblanayotgan 99-maktabning sobiq direktori va o‘rinbosari so‘zida suddan yengillik berishni so‘rab, ishidan pushaymonligini bildirdi.
Sud hukmiga ko‘ra, sobiq direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Q.R. JKning 207-moddasi 3 qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, 2 yil rahbarlik lavozimida ishlamaslik va 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U jazo muddatini manzil koloniyada o‘tashi belgilandi.
Maktabning sobiq direktori R.M. ham yuqoridagi modda bilan aybli deb topilib, unga 2 yil rahbarlik lavozimida ishlashi taqiqlandi, 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Toshkentda daraxt bosib qolgan bir kishi vafot etdi
O‘zbekiston | 11:23
-
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
Sport | 09:45
-
AQSh bilan viza muzokarasi, Rossiyaning talablari va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:39
Mavzuga oid

11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

09:39 / 23.05.2025
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?

19:00 / 22.05.2025
Toshkentdagi “Gumma-Xonim ” ovqatlanish markazi buyurtmalar uchun call-markazni ishga tushirdi

18:50 / 22.05.2025