Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda V Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi
«Toshkent-2025» yozgi IV Osiyo va V Paraosiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining «Toshkent-2025» yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida hukumatning «2025 yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan «Toshkent-2025» yozgi IV Osiyo va V Paraosiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Xususan, dasturga ko‘ra Osiyo paralimpiya qo‘mitasi vakillarini O‘zbekistonga tashrifi va ularni O‘yinlarni o‘tkazish obektlari bilan tanishtirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek:
- IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi;
- O‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha boshqaruv kengashi tarkibi;
- O‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha direksiya mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlanmoqda.
Ma’lumot uchun, avvalroq poytaxtda IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish haqida qaror qabul qilingan edi.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026