Ekin dalalarga tushgan bombalar va Dniproga hujum oqibatlari. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 787-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy onlayn-kazino faoliyatini cheklovchi qonunni imzoladi; u harbiy xizmatchilar harbiy holat davri yakuniga qadar azart o‘yinlar o‘ynashini taqiqlaydi
- Ukrainaning Vinnitsa oblastida ikki harbiy xizmatchi hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatgan politsiyachilarga o‘t ochdi; politsiyachilardan biri halok bo‘lgan
- RF mudofaa vazirligi Rossiya regionlari ustida 50 ta pilotsiz uchish apparatlari urib tushirilgani haqida xabar berdi. Ukraina hujumlar nishoni harbiy sanoat komplekslarining energetika infratuzilmalari bo‘lganini ma’lum qildi
- Baykalorti vitse-premeri, Ukrainaga urush uchun ketganini aytgan Marat Mirxaydarov yarim yillik shartnomasi muddati tugayotgani va ortga qaytishini ma’lum qildi
- RF mudofaa vazirligi ukrainlarning Su-25 samolyotini urib tushirgani haqida xabar berdi
Dnipro o‘qqa tutilishi
19 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Dnipropetrovsk oblasti bo‘ylab yopirilma raketa zarbasi yo‘llagandi. Oblast harbiy ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, zarba oqibatida shaharda uch kishi halok bo‘lgan. Region bo‘ylab 19 aprel kuni yo‘llangan zarbalarning jami qurbonlari soni sakkiz nafarni tashkil etadi, shundan ikki nafari bolalar, deb xabar bergan harbiy ma’muriyat. Kamida 35 kishi jarohatlangan.
Donetsk oblastiga kelgan Zelenskiy
Xarkiv oblastidagi jang maydonlariga ekin ekilishi
2024 yil bahorida, urush davom etayotganiga qaramay, Ukrainada navbatdagi ekin kampaniyasi boshlandi. Ukrainalik dehqonlar bu jarayonni yana bir bor ekstremal sharoitlarda o‘tkazishiga to‘g‘ri kelmoqda: ular qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirib kelgan maydonlar muntazam ravishda o‘qqa tutiladi, ular bo‘ylab harbiy texnikalar va armiya tuzilmalari harakatlanadi. Quyida so‘nggi vaqtlarda rossiyaliklarning eng ko‘p zarbalariga duchor bo‘layotgan Xarkiv oblastida ekin jarayoni qanday olib borilayotgani aks etgan suratlar.
Vayron qilingan elektr stansiya — butun Ukraina uchun blekaut tahdidi ramzi
Yil boshidan buyon RF qurolli kuchlari Ukraina energetika infratuzilmalari bo‘ylab bir necha bor yopirilma zarbalar yo‘lladi. So‘nggi haftalarda ayniqsa Odessa, Xarkiv, Zaporijjya, Lviv va Kiyev oblastlarida issiqlik energiyasi ishlab chiqarish va uzatish korxonalariga faol hujumlar amalga oshirilmoqda. Ukraina poytaxti ta’minoti uchun o‘ta muhim hisoblangan Tripolskaya IES butkul yo‘q qilingan, «Ukrenergo»ning qator stansiyalari hamda Rinat Axmetovga tegishli DTEK kompaniiyasining ikkita elektr stansiyasi jiddiy shikastlangan. Quyidagi kadrlar DTEK elektr stansiyalaridan birida olingan.
Vashingtonda Kiyev uchun yaxshi xabarlar fonida AQShda o‘q-dorilar ishlab chiqarilishi
AQSh Vakillar palatasi 20 aprel kuni kechqurun milliy xavfsizlik bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi, u Ukrainaga qariyb 61 milliard dollarlik harbiy yordam ajratishni ko‘zda tutadi. Endi qonun loyihasiga Senatda ovoz beriladi. Agar hujjat qabul qilinsa, bu urushning ukrain armiyasi resurslar tugayotgan hamda yangi qurollar — ayniqsa artilleriya uchun snaryadlar yetkazib berilishiga kuchli ehtiyoj sezayotgan hozirgi bosqichida Kiyev uchun jiddiy yordam bo‘ladi. Quyida Amerikadagi korxonalardan birida snaryadlar ishlab chiqarish jarayoni aks etgan suratlar.
Xarkiv atrofini minalardan tozalayotgan ukrain sapyorlari
Xerson oblastida dronlar o‘qqa tutilishi
Mavzuga oid
12:14
Ukraina ilk bor KXDR askarini asirga oldi
21:05 / 28.12.2024
Zelenskiy: Putin Slovakiya bosh vaziriga Ukrainaga qarshi «ikkinchi energetika fronti» ochishni buyurdi
09:31 / 28.12.2024
GUR: Dronlar Ukraina chegarasidan 2000 km uzoqlikdagi nishonlarga hujum qila oladi
08:56 / 28.12.2024