Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya qo‘shinlari Xarkivdagi teleminoraga zarba berdi
Oqibatda teleminoraning 1/3 qismi quladi, telesignal bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning Xarkiv shahridagi teleminoraga zarba berdi.
Qayd qilinishicha, Rossiya Qurolli kuchlari Moskva vaqti bilan taxminan 16:36 da zarba berib, Derevyanko ko‘chasida joylashgan minoraning uchdan bir qismini qulatgan. Ta’kidlanishicha, konstruksiyaga Ukraina havo mudofaasi (havo hujumidan mudofaa) aloqa antennasi o‘rnatilgan.
Xarkiv viloyati harbiy boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, zarbadan keyin televizion signalda uzilishlar boshlangan, aholidan hech kim jabrlanmagan.
Ukrainaning Rossiyaga yaqin joylashgan yettita hududi bir necha kunlardan beri ruslarning raketa zarbalaridan jabr ko‘rmoqda. Bular Xarkiv, Odessa, Xerson, Zaporijjya, Chernigiv, Sumi va Dnipropetrovsk oblastlaridir.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
20:15 / 10.07.2026
Lvivda olomon harbiy komissariat avtomobilini ag‘darib tashladi
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
10:10 / 10.07.2026