Taqdimotda 2026-2030 yillarga möljallangan rejalar körib çiqildi. Unga köra, umumiy qiymati 4,2 milliard dollarlik 120 ta loyihani amalga oşiriş közda tutilgan. Bu orqali tarmoq hajmini 2028 yilgaça 1 milliard dollarga, 2030 yilgaça 2 milliard dollarga yetkaziş imkoniyati borligi qayd etildi.
Joriy yilning özida 166 million dollarlik 12 ta loyihani işga tuşiriş rejalaştirilgan. Natijada yuqori soflikdagi selen, tellur va reniy kabi 3 turdagi yangi metall, kukun metallurgiyasi asosida avtodetallar singari 21 turdagi import örnini bosuvçi mahsulotlar hamda sulfat kislotasi işlab çiqariş yölga qöyiladi. Şuningdek, yangi quvvatlar hisobidan yuzlab iş örinlari yaratiladi, budjet tuşumlari va eksport imkoniyatlari ortadi.

Volfram va molibden böyiça “xomaşyo – qayta işlaş – tayyor mahsulot” zanjirini taşkil etişga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali faqat konsentrat yoki yarim tayyor mahsulot emas, balki yuqori qöşilgan qiymatga ega metall kukunlari, qotişmalar, sterjenlar, simlar, sanoat uçun detallar va boşqa tayyor mahsulotlarni işlab çiqariş maqsad qilingan.
Buning uçun Çirçiq şahrida “Kelajak metallari” texnoparki va R&D markazining faoliyatini keng yölga qöyiş belgilangan. U yerda ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş, startap loyihalarni qöllab-quvvatlaş, yuqori soflikdagi metallar va innovatsion mahsulotlar işlab çiqariş uçun zarur şaroit yaratiladi.
Prezident texnopark va uning rezidentlariga yer uçastkalari hamda infratuzilmadan foydalaniş böyiça qöşimça imtiyozlar beriş, startap loyihalarni moliyalaştiriş dasturini işlab çiqiş zarurligini ta’kidladi.

Markaziy Osiyoda muhim minerallar böyiça yagona ilmiy-tadqiqot va texnologik markazni şakllantiriş masalasi ham körib çiqildi. Çirçiq şahrida taşkil etilayotgan nanotahlil laboratoriyasi geologiya, konçilik va metallurgiya loyihalari uçun zamonaviy tahlil xizmatlarini körsatadi. Laboratoriya töliq işga tuşgaç, bir kunda 1 mingtagaça namuna tahlil qilinib, 6,5 million dollarlik import xizmatlari mahalliylaştiriladi, yana 4 million dollarlik xizmatlar eksporti yölga qöyiladi.
Sohadagi loyihalarni tezlaştiriş uçun geologiya-qidiruv işlarini kengaytiriş, istiqbolli maydonlar va konlarni xalqaro standartlar asosida baholaş, texnogen çiqindilarni qayta işlaş, xorijiy investorlar va texnologik hamkorlarni faol jalb qiliş muhimligi qayd etildi.













