Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 9 442 ta maktabni inventarizatsiyadan ötkazdi.
Agentlikning Delivery Unit jamoasi (Natijalarga erişiş boşqarmasi) bu jarayonda maktablar binolari, tomlari, elektr, isitiş ta’minoti tizimlari, oşxonalar, faollik zallari, hojatxonalarning texnik holati, şuningdek, devor, pol, deraza va eşiklarning holatini baholagan.
Örganiş yakunlari böyiça Kun.uz'ga taqdim etilgan ma’lumotga köra, tadqiqot uçun alohida veb-sayt yaratilib, mutaxassislarga kadastr ma’lumotlariga kiriş imkoniyati berilgan. Bir binoli maktablar uçun 55 ta savol tuzilgan; binolar qança köp bölsa, şunça köp savolga (85 tagaça) javoblar olingan. Anketalarni töldirganlar familiyasi, telefon raqami va maktab STIRi orqali tekşirilgan.
Maktablar quriş davrlar kesimida
Ma’lum bölişiça, hozirda mavjud maktablarning eng qadimiysi 1871 yilda Andijon şahri Mustaqillik mahallasida qurilgan. Yangi ta’lim muassasalari qurilişning eng faol bosqiçlari 1984-1989 hamda 2006-2009 yillarga töğri keladi, bu vaqt davomida mos ravişda 1391 ta va 1298 ta maktab barpo qilingan.

Suvsiz, kanalizatsiyasiz maktablar
Sörov natijalariga köra, maktablarning 87 foizida markaziy kanalizatsiya tizimi mavjud emas.
“Hatto yangi maktab binolarida, jozibali köriniş va zamonaviy jihozlar mavjud, rekonstruksiya loyihasiga muvofiq bino içida öquvçilar va öqituvçilar uçun hojatxona örnatilgan, biroq ma’lum bölişiça, hojatxona qulflangan. Natijada maktab öquvçilari ham, öqituvçilar ham köp hollarda oddiy sanitariya va gigiyena talablariga javob bermaydigan maktab hovlisidagi hojatxonalardan foydalanişga majbur bölmoqda”, – deya qayd etgan Delivery Unit.
Qolaversa, örganişlarda maktablarning 53 foizi markazlaşgan suv ta’minoti bilan ta’minlangani aniqlangan, qolgan 47 foiz maktablar quyidagiça taqsimlangan: 27 foizi quduqdan, 11 foizi yetkazib beriladigan suvdan foydalanadi va 9 foizida umuman suv yöq.
Sanitariya-epidemiologiya osoyiştaligi qömitasining 2023 yil böyiça tayyorlagan ma’lumotlariga köra, 2022 yilga nisbatan respublikada virusli gepatit A bilan kasallaniş ikki baravarga oşgan, maktab yoşidagi bolalarda 39 foizni taşkil etgan. Bunga esa aynan suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariya va gigiyena bilan boğliq muammolar sabab bölişi mumkin.









