E’tibordan çetdagi mavzu. Öz holiga taşlab qöyilgan maktab hojatxonalariga “sayohat”
|19:58 / 10.04.202329 94816 min
Özbekistondagi juda köp maktablar hojatxonasida elementar sanitariya şaroitlari yöq. Öquvçi-yu öqituvçilar juda abgor ahvoldagi hojatxonalardan foydalanişga majbur. Xöş, bu qanday oqibatlarga olib kelişi mumkin? Aslida ular qanday bölişi kerak? Bunga kim mas’ul?
Tadqiqotlarga köra, Özbekistonda aholining 82,8 foizi turli darajadagi sanitariya darajasiga ega çuqur kovlamali hojatxonadan foydalanadi. Bor-yöği 16,6 foiz aholining uyida ventilyatsiya qilingan (yaxşilangan) çuqur kovlamali hojatxona bor. Hojatxonasi markazlaşgan kanalizatsiyaga ulanganlar uluşi ham atigi 16 foiz.
Maktablar borasida tadqiqot ötkazilsa ham, natijalar bundan yaxşiroq bölişi dargumon.
Qozoğiston bizdan oldinda
2019 yilda Qozoğistonning Jambul viloyatidagi maktablardan birida öquvçi qiz zörlab ketiladi. Öşa yildan boşlab hukumat barça ta’lim muassasalaridagi taşqi hojatxonalarni likvidatsiya qiliş, ya’ni yöq qilişga buyruq beradi. “Qizaloq bilan bu voqeaning qanday boğliqlik joyi bor?” deyişingiz mumkin. Gap şundaki, 12 yoşli bu qizça aynan maktab binosidan sal uzoqroqda joylaşgan taşqi hojatxonada zörlab ketilgan.
Öşa yili 7 014 ta qozoq maktabida jami 2,5 mingdan köp taşqi hojatxonalar borligi, şuning 2 357 tasi aynan qişloq hududlarida joylaşgani aniqlangan. Oradan 3 yil ötdi, ma’lumotlarga köra, hozirda mamlakatda 50 tagina taşqi hojatxona qolgan, xolos.
Xöş, Özbekiston maktablarining bu boradagi ahvoli qanday? Bu masalani ayrim maktablar misolida körsatişga harakat qilamiz.
Andijon viloyati
Asaka tumanidagi 40-maktab. Bu maktabda 315 nafar öquvçi uçun bitta kiçkinagina hojatxona xizmat qiladi. Uning körinişidan avariya yoqasiga kelib qolganini payqaş qiyin emas.
Asaka tumanidagi 40-maktab hojatxonasining taşqi körinişi / Foto: Kun.uz
Mavzuga oid
Asaka tumanidagi 40-maktab hojatxonasining içki körinişi / Foto: Kun.uz
Kun.uz'ga berilgan ma’lumotlarga köra, dekabr oyida maktabda yangi hojatxona quriş uçun hozirgi hojatxonaning oldiga çuqur kovlab ketilgan, lekin iş oxiriga yetkazilmagan. Hozirgi hojatxonaga boriş uçun öquvçi va öqituvçilar şu çuqur oldidan ötişlariga töğri keladi.
Xuddi şu tumanda joylaşgan 45-maktabda ham ahvol yaxşi emas. Muassasa xojatxonasining devorlari barmoq kengligida yorilib ketgan. 385 nafar öquvçi uçun qurilgan bu hojatxonaning ham talabga javob bermasligini yaqqol köriş mumkin.
Asaka tumanidagi 45-maktab hojatxonasi / Foto: Kun.uz
Hojatxonaning içki körinişi ham yaxşi holatda emas / Foto: Kun.uz
Uçköprik tumanidagi 3-maktabning taşqi hojatxonasi ham ançagina ta’mirtalab, abgor ahvolga kelib qolgan. Muassasada 700 nafar bola ta’lim oladi, ammo ular mana şu devorlari yorilib, sanitar talablariga umuman javob bermaydigan taşqi hojatxonadan foydalanadi.
Samarqand viloyati
Samarqand tumanida joylaşgan 30-maktab hojatxonalari eski davrlarda qolib ketgandek. Öğil hamda qiz bolalar foydalanadigan kabinalarning eşigi yöq. Içki devorlari esa moğorlab, öpirilib ketgan. Sanitar talablarga umuman javob bermasligi körinişidan ham ma’lum.
30-maktab hojatxonasining içki körinişi / Foto: Kun.uz
30-maktab hojatxonasining içki körinişi / Foto: Kun.uz
Şu tumanning 26-maktab hojatxonasi ham salkam şu ahvolda. Taşqi devorlari avariya holatiga kelib qolgan. Unda ham 4 ta kabinasi uçun eşiklar yöq, şunga qaramay hojatxonaning öğil bolalar bölmasi içkarisiga videokamera örnatilgan.
Samarqand tumanida joylaşgan 26-maktab hojatxonasining öğil bolalar bölmasi içiga örnatilgan kamera / Foto: Kun.uz
Bundan taşqari, Urgut tumanining 39-, 46-, 103- hamda Toyloq tumanining 128-maktab hojatxonalariga ortiqça izoh bermasak ham böladi. Şaroitlar yuqorida sanab ötilganlaridan abgor bölsa abgorki, ammo yaxşi emas.
39-maktab hojatxonasi / Foto: Kun.uz
46-maktab hojatxonasi / Foto: Kun.uz
103-maktab hojatxonasi / Foto: Kun.uz
128-maktab hojatxonasi / Foto: Kun.uz
Ma’lumotlarga köra, Urgut tumanida 147 ta umumta’lim maktabi, 9 ta maktab filiali hamda 1 ta barkamol avlod bolalar markazi bor. Mana şu maktablarda jami 110 mingga yaqin öquvçilar ta’lim oladi.
Ana endi tasavvur qiling, jami 157 ta maktabdagi öquvçilar hisoblanganda, ularning har birida 700 nafardan ziyod bola ta’lim olayotgani kelib çiqadi. Şunça qora közlarga esa mana şu kiçik siğimli, öta yomon ahvoldagi hojatxonalar xizmat qilib kelmoqda.
Muammo bugun biz e’tibor qaratgan maktablardagina emas. Uşbu videomaqolamizni tayyorlaş jarayonida köplab maktablardagi vaziyatni örgandik. Öquvçilarning ota-onalari, öqituvçilar hamda faollar bilan suhbatlaşdik. Amin böldikki, vaziyat bugun körganlarimizdan ön çandon yomon bölgan maktablar ham talaygina. Ayniqsa ma’muriy markazlardan uzoqlaşgan sari, maktab xojatxonalaridagi ahvol ham oğirlaşib boradi.
Aslida maktab hojatxonalari qanday bölişi kerak?
Sanitariya-epidemiologiya normalari va qoidalariga köra, maktablarning har bir qavatida öğil va qiz bolalar uçun alohida hojatxonalar bölişi va uning kabinalari balandligi kamida 1,75 metr bölgan va pastki qismi polga 0,2 metrda tegmaydigan tösiqlar bilan ajratilişi kerak. Har bir kabinalarning ölçami 0,8ga 1 metr bölişi, bunda sanitariya inşootlarining maydoni har bir kişi uçun 0,1 kvadrat metrdan olinişi lozim.
Şuningdek, hojatxonalarda har 20 nafar qiz öquvçi uçun 1 ta unitaz, 30 nafari uçun 1 ta yuviniş joyi, 40 nafar öğil bola uçun esa 1 ta unitaz, 1 ta pissuar va 1 ta yuviniş joyi yaxşi holatda, heç qanday nuqsonlarsiz bölişi belgilangan.
Qolaversa, har bir hojatxona kerakli aşyolar, xususan, hojatxona qoğozi, çiqindi uçun çelaklar, qöl yuviş uçun sovun hamda soçiq yoki qoğoz soçiqlar bilan ta’minlanişi zarur.
Yuqorida qayd etilganidek, ayni şu mavzuda qozoqlarning tajribasi ança samarali ekanini köriş mumkin. Ötgan yili Qozoğiston maktablaridagi yaroqsiz hojatxonalarni aniqlaş va ularni yaxşilaş maqsadida AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda “Toile” loyihasi işga tuşirilgan. Mana şu loyihaga köra, yaxşi hojatxonani 6 ta jihati bilan ajratib oliş mumkin. Ya’ni u binoning içida joylaşgan, kabinalari alohida qilib ajratilgan, toza unitazga ega, issiq-sovuq suv hamda sovun va hojatxona qoğozi bilan ta’minlangan, eng asosiysi doim oçiq bölişi kerak.
Abgor hojatxonalar qanday oqibatlarni keltirib çiqaradi?
Ma’lumotlarga köra, inson axlatining 1 grammida 10 milliontagaça virus, bir milliontagaça bakteriya, mingtagaça parazit kistasi va yuzga yaqin parazit tuxumi bölişi mumkin.
Diareya va şu kabi kasalliklar inson axlatidagi kasallik qözğatuvçi mikroblar tufayli yuzaga keladi. Bu – organizmda suv yetişmasligi, töyib ovqatlanmaslik, isitma va hatto ölimga ham olib kelişi mumkin. Bularning, ayniqsa, bolalar va immuniteti zaif bölgan odamlarga yuqiş ehtimoli juda yuqori.
Öz navbatida, diareya tufayli traxoma kabi köz infeksiyalari kelib çiqişi mumkin. Bu bolalar orasida qizamiq, bezgak, poliomiyelit, gepatit A va E, içak qurtlari, teri kasalliklari va hatto körlikka olib keladi.
Ta’lim sifatiga ham ta’sir qiladi
Sifatsiz sanitariya şaroitlari inson salomatligiga salbiy ta’sir qilganidek, bolalar orasida maktabda davomatning va natijada ta’lim oliş sifatining pasayişiga ham olib keladi. Bu borada qilingan tadqiqotlarning 47 tasidan 8 tasida aynan şu holat kuzatilgan.
Şuningdek, toza saqlanmagan maktab hojatxonalari bolalarning u yerga kirmasligiga va oqibatda içak, siydik pufagi kasalliklariga çalinişiga sabab böladi. Isroilda maktab öquvçilari orasida ötkazilgan tadqiqot bolalarning sanitariya şaroiti tufayli hojatxonadan foydalanmasligi ularning kognitiv qobiliyatini pasaytirişini va darslarni özlaştirişida muammolar yuzaga kelganini körsatgan.
Nima uçun 500 nafardan ziyod öquvçiga ega ayrim maktablarda hanuzgaça talabga javob bermaydigan hojatxonalar mavjud? Sanitariya-epidemiologiya qömitasining Toşkent şahar boşqarmasi xodimi Dilfuza Hikmatovaning javob berişiça, bunga maktab qurilişida yetarliça e’tibor berilmagani sabab bölgan. Ta’kidlanişiça, 50 yoki 70 yil ilgari qurilgan maktablar uyoqda tursin, yangidan barpo qilinayotgan yoki rekonstruksiyaga tuşgan maktablarda ham şu ahvol.
“Bunday maktablar qurilişida loyiha hujjatlari ma’lum bir taşkilotlar bilan kelişilmagan. Ming afsuski, bunday holatlar köpinça Toşkent şahrining özida ham bölib turibdi. Maktab binosi qurilganidan keyin yoki rekonstruksiyaga tuşganidan keyin quruvçi taşkilot tomonidan uşbu obektni qabul qiliş dalolatnomasini kötarib kelişadi. Lekin bu quriliş işlari boşlanişidan oldin loyiha çizmalari çizilganda ma’lum bir taşkilot, masalan, yonğin xavfsizligi, SES xodimlari bilan kelişuv dalolatnomasi rasmiylaştirilişi kerak.
Bizda şu amaliyot oqsab kelmoqda. Albatta, bunda loyihaçi taşkilotlarning ham katta aybi bor. Yuqorida aytib ötilgan maktablarning qurilişi jarayoni notöğri taşkil etilgani buning eng katta sabablaridan hisoblanadi”, – deydi Hikmatova.
Bu borada jamoatçilik nima deydi?
Mavzuni örganiş davomida mavzu yuzasidan jamoatçilik faollari ham öz fikrlarini bildirişdi. Xususan, bu borada iqtisodçi Valijon Töraqulov Özbekistonda maktablardagi hojatxonalar masalasi e’tibordan çetda qolayotganini tanqid qildi.
Valijon Töraqulov, iqtisodçi / Foto: Kun.uz
“Aslida maktab hojatxonalari ta’limning uzviyligi, uning darajasi bilan töğridan töğri boğliq. Masalan, hojatxonalar 3 xil tomondan, ya’ni tozaligi, yaqinligi, xavfsizlik jihatdan qulay bölişi kerak.
Tadqiqotlarda sanitar ahvoli yaxşi bölmagan hojatxonalarga kirmaslik uçun bolalar suvni kamroq içişga harakat qilişi aniqlangan. Bu bilan ular holati yaxşi bölmagan hojatxonaga kirişga “qarşi kuraşarkan”. Öquvçi, talabalar köproq miya bilan işlagani sabab ularga suv juda ham zarur. Köryapsizmi, hojatxonalar masalasi nafaqat davomatga, balki ta’limning öziga ham ta’sir qiladigan tomonlari bor.
Koreyada maktab hojatxonalariga şunday yondaşilganki, bu borada koreyaliklarning hukumat darajasidagi veb-saytlari ham bor. Mazkur saytda qayerda ommaviy hojatxonalar borligi aks etgan, ularning reytingi ham yuritiladi. Yuqorida qayd etib ötganlarim: tozalik, yaqinlik hamda xavfsizlik jihatlari böyiça Koreyaning barça maktab hojatxonalari javob beradi. Maktablarning har bir qavatiga hojatxonalar qurilgan. Bu xalq uçun hojatxonalarning tozaligi davlat miqyosidagi madaniyat hisoblanadi”,– deydi Töraqulov.
Şuningdek, şu vaqtgaça ta’lim mavzularini yoritib kelayotgan bloger Isroil Tillaboyev ham bu boradagi fikrlarini bildirdi. Uning qayd etişiça, hojatxonalarning sanitar holati va uni aşyolar bilan ta’minlaşga mas’ul bölgan taşkilotlar öz işlariga sovuqqonlik bilan yondaşişmoqda.
Isroil Tillaboyev, ta’lim mavzularini yorituvçi bloger, sobiq pedagog / Foto: Kun.uz
“30-50 yil oldin qurilgan maktablarimiz ham son-sanoqsiz. Bu maktablarning hojatxonasiga kim e’tibor bermoqda? Ança oldin bu inşootlarni ta’mirlaş, qayta quriş uçun katta kampaniya boşlangandi. Afsuski, bu ham maktabning öziga taşlab qöyilgan. Vaholanki, bu vazifa mahalliy hokimliklarga yuklatilgan.
Qaysi maktab direktori hokimlarning oldiga borib, hojatxonani kerakli aşyolar bilan ta’minlab berişini söraydi. Aslida birinçi savolni şundan boşlaş kerak. Çunki heç qaysi maktab rahbari hokimlikka kirib, buni talab qila olmaydi. Talab qila olmadimi, hojatxonani sanitar holatga keltirişning boşqa muqobil variantlarini izlab körişadi. Bunda ularda 2 ta yeçim bor, xolos: yo ota-onalar, yo öqituvçilar maktabni şu aşyolar bilan ta’minlaşi kerak böladi. Bu jarayonda ota-onalarga ham ayta olişolmaydi. Öz-özidan maktab rahbari muassasadagi mavjud imkoniyatdan, öqituvçilar imkoniyatlaridan kelib çiqib, iloji boriça hojatxonaga kerakli mahsulotlarni pul yiğib qöyişga harakat qilişadi.
Bu işni eplay olmasaçi? Bu holatda ularni SES xodimlari kutib turgan böladi. SES xodimlari qonun talablarini uşlab olişadi, nimalar qilinişi kerakligi körib çiqiladi, lekin qaralsa, heç kim uni bajaryotgani yöq. Qarabsizki, jarima solib ketilaveradi. Yozilgan qonunni kim bajarişi kerak? Mana şu narsa arosatda qolgani sababli maktab jamoasi aziyat çekib kelişmoqda”,– deydi Tillaboyev.
Bunga kim mas’ul?
Hojatxonalarni ta’mirlaş, rekonstruksiya qiliş va quriş masalasi mahalliy hokimliklar zimmasida. 2018 yil -sentabrda qabul qilingan prezident farmoniga köra, mahalliy hokimliklar maktablarni qöllab-quvvatlaş va ularning infratuzilmasini rivojlantiriş masalasida har tomonlama kömaklaşiş, xususan, ularni elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik suvi, zarur sanitariya-gigiyena şaroitlari va boşqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlaşga mas’ul deb belgilangan.
Ammo şu vaqtgaça hokimliklar bu vazifani tölqonli bajarib kelyaptimi? Javob yuqoridagi holatlarda ham namoyon.
Nima qiliş kerak?
Xalqaro tadqiqotlarga köra, aholi orasida sanitariya-gigiyena mavzusidagi taşviqot işlari sezilarli natija bermaydi. Ya’ni tatbiq qiliş jarayonlarida joylarda hojatxonalar soni ortişi mumkin, ammo bu uning tozaligi ta’minlanişiga, bolalar orasida kasalliklar sonining kamayişiga xizmat qilmaydi.
Tadqiqotlar natijasidan xulosa şuki, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qiliş böyiça taşviqot işlari odamlar orasida xabardorlikni oşiradi va harakatga undaydi, ammo bu bolalar orasida kasallikni kamaytiriş uçun yetarli emas.
Taşviqot moliyaviy yordam bilan ta’minlangan taqdirda sezilarli natija beradi. Buni Bangladeşda ötkazilgan tadqiqot misolida tuşuntirişga urinamiz. Ya’ni bunda taşviqot, taşviqot va 75 foizli vauçer subsidiya, taşviqot va hojatxona örnatiş böyiça texnik kömak kabi intervensiyalar kombinatsiyasi qöllanilib, qaysi birining samarasi köproq bölişi örganilgan. Natijalarga köra, kutilganidek taşviqotning yakka özi va hojatxonani barpo qiliş böyiça texnik kömak ham heç qanday samara bermagan. Ammo taşviqot va vauçerli subsidiya uy xöjaliklari orasida hojatxonalar bilan ta’minlaniş darajasining 22 foizga ösişiga olib kelgan.
Albatta, barça uy xöjaliklarini markazlaşgan oqova tizim (kanalizatsiya) bilan qamrab oliş köp vaqt va mablağ talab etadi. Ammo hozirgi holatda maktablarda sanitariya talablariga javob bermaydigan çuqur kavlamalarni ventilyatsiya qilinadigan va plitalar bilan qoplangan holatga keltiriş, binoning içiga köçiriş tavsiya etiladi.
Kelgusida budjet yoki nobudjet mablağlari taqsimotida iştirok etadigan barça böğinlar, xususan, taşabbusli budjet dasturi doirasida aholi, korporativ ijtimoiy mas’uliyat doirasida xususiy biznes, mahalliy kengaşlar, hokimliklar, maktab rahbarlari, xayriya jamoat fondlari vakillari va köngillilar tomonidan uşbu masalaning ahamiyati e’tibor markazida bölişi amaliy natija beradi.
Afsuski, bugun biz kötargan mavzu hamon e’tibordan çetda qolmoqda. Vaholanki, bu hayotiy eng zarur ehtiyojlaridan biri hisoblanadi.