O‘zbekiston chaqaloqlarda tug‘ma nuqsonlarni davolash yo‘nalishida Shvetsiya bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Shvetsiya onkologiya, yurak-qon tomir kasalliklari va chaqaloqlarda tug‘ma nuqsonlarni davolash yo‘nalishlarida hamkorlik qiladi.

Foto: "Dunyo" AA
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Davron Sultonov boshchiligidagi delegatsiyaning Shvetsiyaga tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Tashrif doirasida Shvetsiya Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat kotibi, Swecare, E-health, Medical Producs agentliklari, Karolinska tibbiyot instituti, Solgrenska universiteti va Qirolicha Silviya nomidagi bolalar kasalxonasi, Luleo texnologiya universiteti, AstraZeneca, Elekta va Getinge kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida shved tomoniga O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimining bugungi kundagi rivojlanish bosqichi va istiqboldagi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, respublikada farmatsevtika sanoatini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar va Toshkent tibbiyot akademiyasi salohiyati to‘g‘risida alohida taqdimot o‘tkazildi.
Uchrashuvlar natijasida, O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida onkologiya, yurak-qon tomir kasalliklari va chaqaloqlarda tug‘ma nuqsonlarni davolashda zamonaviy usullar va texnologiyalarni joriy qilish, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tarmog‘ini raqamlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

02:18 / 04.04.2025
Shvetsiya yadroviy urushga tayyorlanmoqda: mamlakatda 64 mingta bunker modernizatsiya qilinadi

09:45 / 02.04.2025
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi

23:40 / 31.03.2025
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi

17:07 / 03.03.2025