Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Shvetsiyaning Gyoteborg shahri qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini bajarmagani uchun qariyb 15 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi.
BBC’ning yozishicha, Gyoteborg Global barqarorlik indeksida 2-o‘rinni egallagan, 2023 va 2016 yillarda shahar ushbu reytingga yetakchilik qilgan. Mazkur indeks shahardagi ekologiya darajasi, ijtimoiy vaziyat va turistlar uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatini baholaydi.
2022 yilda Gyoteborg barqaror rivojlanish uchun kredit olgan, uning yordamida hukumat issiqlik ishlab chiqarishda shaharning qayta tiklanadigan energiyaga o‘tishini, shahar avtomobillarini elektr transport vositalariga almashtirishni, shahar binolarida energiya sarfini kamaytirishni va eng qashshoq hududlarni rivojlantirishni moliyalashtiradi.
Har yili Gyoteborg bankka barqarorlik maqsadlariga erishgani haqida hisobot beradi va kredit bo‘yicha chegirma yoki jarima oladi. Dasturning dastlabki ikki yilida shahar jarimalardan qutulib qolgan, ammo bu safar kreditorlarning hisoblashicha, shahar qayta tiklanadigan energiya maqsadiga erisha olmagan.
Shu bilan birga, shahar kreditorlardan ijtimoiy vaziyatni va energiya iqtisodini yaxshilash maqsadlariga erishgani uchun chegirma olgan — bu jarimaning bir qismini qoplaydi.
Gyoteborg ma’muriyati vakili Frederik Blokning tushuntirishicha, hukumat barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘z oldiga ataydan katta maqsadlarni qo‘ygan — bu 2023 yilga borib kam uglerodli iqtisodiyotga yaqinlashishga yordam beradi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026