“Millar” dasturida ma’lum qilinishicha, Qamashi tumanida yashovchi ayol o‘zining ilk marotaba dunyoga keltirgan qiz chaqalog‘ini Qarshi shahrida yashovchi ikki nafar ayolga sotmoqchi bo‘lgan. Buning evaziga ulardan 60 mln so‘m pul talab qilgan.
U 50 mln so‘m va 800 dollarni mashina ichida olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.
Sud hukmi bilan u 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Uning qiz farzandi esa viloyat bolalar uyiga topshirilishi belgilandi.










