Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi
AQSh, Germaniya, Misr va Turkiya Isroilning Rafahga hujumiga qarshi chiqmoqda.

Foto: Getty Images
Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Falastinning Rafah shahridagi harbiy operatsiya HAMAS harakati mag‘lubiyatga uchramaguncha yoki garovga olingan isroilliklar qaytarilmaguncha davom etishini ma’lum qildi.
«Kecha men Isroil Mudofaa kuchlariga (TsAHAL) Rafah hududiga kirishni, chegara punktini egallashni buyurdim. Bu operatsiya Rafah hududi va butun G‘azo sektorida HAMAS yo‘q qilinmaguncha yoki garovga olinganlar qaytarilmaguncha davom etadi», dedi u.
Uning ta’kidlashicha, Isroil garovga olingan isroilliklarni qutqarish uchun murosa qilishga tayyor, ammo bu variant ish bermasa, Isroil harbiylari butun G‘azo sektorida «operatsiyani kengaytiradi».
O‘z navbatida, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu hamaschilarning kechagi tinchlik tashabbuslariga javobi Isroil qo‘shinlarining Rafahda oldinga siljishini «sabotaj qilish» uchun zarur ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rafahdagi operatsiya boshqa narsalar qatori, garovga olinganlarni ozod qilish uchun ham zarur, chunki, bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv bitimini tuzish uchun hamaschilarga harbiy bosim o‘tkazish kerak.
Uning aniqlik kiritishicha, harbiy kampaniyaga parallel ravishda Isroil HAMAS bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. U Qohiradagi isroillik muzokarachilarga Isroil shartlariga qat’iy rioya qilishni buyurgan. Shuningdek, u Rafah nazorat-o‘tkazish punkti ustidan nazorat o‘rnatilishini anklavdagi HAMAS harbiy salohiyati va qudratini yo‘q qilish yo‘lidagi muhim qadam deb atadi.
Ismi oshkor etilmagan isroillik amaldor bergan ma’lumotga ko‘ra, Rafah hududidagi hozirgi operatsiya to‘liq hujumning boshlanishi emas. Uning ta’kidlashicha, bu taktik ustunlikka erishish va muzokaralar jarayoni bilan bog‘liq holda hamaschilarga bosim o‘tkazish uchun mo‘ljallangan «juda cheklangan» operatsiya.
Ayni paytda bir qator davlatlar Isroilning Rafahga hujumiga qarshi chiqmoqda. Jumladan, Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok u yerda keng ko‘lamli hujum harakatlariga yo‘l qo‘yilmasligini, hududdagi bir million falastinlikni himoya qilish, gumanitar yordam yetkazib berish uchun Rafah va Kerem Shalom nazorat-o‘tkazish punktlarini qayta ochish zarurligini aytdi.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi O‘nju Kecheli «Netanyahu hukumati vijdonan harakat qilmayapti» va Rafah hujumi butun dunyoga ta’sir qilishini aytdi. «Isroil G‘azo sektoridagi Rafah o‘tish joyidan zudlik bilan chekinishi kerak», deb qo‘shimcha qildi u.
AQSh Davlat departamenti Oq uyning garovga olinganlar bo‘yicha kelishuvga erishish va o‘t ochishni to‘xtatish ushbu sharoitda eng yaxshi yo‘l ekanligi haqidagi pozitsiyasini yana bir bor ta’kidladi.
Shuningdek, Misr ham Isroilni Rafahdagi hujumni to‘xtatishga va muzokaralar uchun ko‘proq vaqt berishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 20:26
-
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 19:59
-
Til masalasi yana kun tartibida – jamoatchilik faollari nima deydi?
O‘zbekiston | 19:29
-
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
O‘zbekiston | 19:01
Mavzuga oid

15:31
Trampning bojlaridan Isroil iqtisodiyoti 3 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin

20:44 / 02.04.2025
Isroil harbiy amaliyotini kengaytirmoqda va G‘azoda yangi hududlarni egallamoqchi

16:51 / 01.04.2025
Qatargeyt: Netanyahu maxsus bo‘lim tomonidan so‘roq qilingan, uning maslahatchilari hibsga olingan. Mojaro mohiyati nimada?

07:48 / 01.04.2025