Ekologiyasi tobora yomonlaşayotgan şaharlar uçun hududlarni toifaga ajratib, avtomobillarni stikerlaş muammolarni bir qadar minimallaştiradi. Buning muhimligi odamlarga tuşuntirilişi, hukumat esa stiker oliş tartibini osonlaştirişi kerak. Germaniya tajribasidan kelib çiqib aytiş mumkinki, şaharlarni toza saqlab qoliş uçun ekostikerlarni qöllaş bu – eng samarali yöl, deydi Germaniyaning "TÜV SÜD" kompaniyasining yangi texnologiyalar va barqaror xizmatlar böyiça direktori Paskal Mast Kun.uzʼga bergan intervyusida.

Özbekistonda avtomobillar ekologiyaga zarari darajasidan kelib çiqib “qizil”, “sariq” va “yaşil” toifalarga bölinadi. Xuddi şunday, şaharlardagi hududlar ham uçta toifaga bölinib, atrof-muhitga zarari yuqori avtomobillarning muayyan zonalarga kirişi çeklanadi.

Hukumatning şu yil 29 martdagi "Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida" qarori bilan yangi tartib 1 iyundan kuçga kiradi. Germaniya 2008 yildan boşlab bir qança şaharlarida stikerlaş tizimini joriy qilgan, hozirda bu tizimda işlayigan şaharlari soni 40 taga yetgan.

Xöş, ekoinqirozga yuz tutayotgan Toşkent şahri uçun bu samarali yeçimmi? Yangi tartibga oğriqsiz ötiş uçun qanday çoralar körilişi kerak? 

Kun.uz Germaniyaning “TÜV SÜD Auto Service” kompaniyasi yangi texnologiyalar va barqaror xizmatlar böyiça direktori Paskal Mast bilan şular haqida suhbatlaşdi.

– Janob Mast, sizni studiyamizda körganimizdan xursandmiz. Dastlab men tizimning zarurligi haqida söramoqçiman. Janob, Germaniyada ekostikerlar tizimiga ehtiyoj nima sababdan yuzaga kelgandi?

– Taklifingiz va muhim mavzuni olib çiqqaningiz uçun rahmat. Savolga kelsak, bir neça yil oldin Germaniya şaharlarida havo ifloslaniş darajasi ança yuqori edi. Şuning uçun, ayniqsa, havo tarkibida uni ifloslovçi birikmalar, azot oksidi va şunga öxşaş boşqa zarraçalar miqdori ortib ketgandi. Odamlar şaharda toza havo va soğlom muhit bölişi uçun nima qiliş kerakligiga oid savolni örtaga taşlay boşlaşdi.

Şundan kelib çiqib, JSST tomonidan havo ifloslanişining çegarasi bölişi lozimligi aniqlandi va nima qiliş zarurligi öylanganda şu tizim işlab çiqildi.

– Özbekistonda bu tizim bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi belgilandi. Dastlab Toşkent şahrida 2026 yilgaça. Mazkur tizim Germaniyada qanday bosqiçda va neça yilda amalga oşirilgan?

– Biz bu tizimni 2008 yildan boşlab bosqiçma-bosqiç amalga oşirganmiz. Dastlab stikerlaş jarayoni poytaxt şahar Berlinda boşlangandi. Keyin esa hududlar kengayib, tobora köproq şaharlarni qamrab olişni boşladik. Bugungi kunga kelib ularning soni 40 taga yetgan. Har yili qolgan şahar ma’muriyatlari özlariga savol beradi, biz ham bunday tizimni joriy etişimiz kerakmi yoki yöq, deb.

Lekin umumiy olganda bunga biroz vaqt, bir neça yil kerak böladi. 2008 yilda boşlangan tizimimiz uçun jami 4 yilni sarflaganmiz.

– Ekostiker tizimini Germaniyada joriy etişda qanday çoralar körilgan. Bu jarayonda jamoatçilik munosabati örganilganmi, odamlar bu yangilikka qanday munosabat bildirişgan? Va uning ilmiy asosi haqida ham gapirib ötsangiz.

– Albatta, muammoning sababi va uning dolzarbligi haqida aholiga tuşuntiriş muhim. Birinçi navbatda biz muammoni aniqlab oldik, qaradik, “ha, havo ifloslanişi yuqori”, odamlarga bu haqda ma’lumot berdik, şundan keyin tizim joriy etilişi boşlandi. Söraşlari mumkin, bu bilan ifloslanişni 0 darajaga tuşirsa böladimi? Şubhasiz, yöq. Bu bilan mutlaq toza havoga erişib bölmaydi, lekin joriy qilinadigan tizim buni ança minimallaştirişi mumkin. Bu borada juda köp muhokamalar qildik, yakuniy xulosada stikerlaş tizimini yölga qöyadigan böldik.

Tizimning işlaşini tuşuntirsam, Yevropa bu borada yaxşi tajribaga ega. Siz maşinangizni röyxatdan ötkazib, tekşirtirasiz. Mana şu jarayonda uning havoni zaharlovçi moddalari va ifloslaniş darajasi örganiladi. Unga köra, emissiya darajasi Yevro-1 standartidan Yevro-6 standartgaça baholanişi kerak. Yevro-1 bölsa, avtomobilingiz juda eskiligidan, Yevro-6 esa yangi ekanidan darak beradi. Keyin maşingangiz turidan kelib çiqib, taqdim qilinadigan çipli stikerga qarab, transportni haydaşingiz mumkin yoki mumkin emasligi aniq böladi.

Işning ilmiy asosiga kelsak, bu tizim JSSTning ilmiy tadqiqotiga asoslangan. Havo ifloslanişiga oid çegaralar qöyila boşlangaç, biz birinçi galda şaharlarda havo sifatini monitoring qiladigan qurilmalarni örnatişni boşladik. Örganişlar davomida ba’zi nuqtalarda böşliqlar ham yuzaga keldi, odamlarning birmunça e’tirozi ham kuzatildi. Ammo muammoga qarşi bosqiçma-bosqiç ekologik toza yeçimlarni tatbiq qila oldik, soğlom zonalar yaratildi.

– Germaniya tajribasidan kelib çiqib, tizimga oğriqsiz ötiş uçun Özbekistonga qanday yumşoq yeçimlarni taklif qilgan bölardingiz?

– Jarayonda 2 ta nuqta juda muhim deb öylayman. Birinçisi, buning sababi nimada ekani, maqsadini aniqlab oliş va uni xalqqa yetkazişdir. Ikkinçisi, yangi tizimni tatbiq qiliş hamda uni moslaştiriş uçun biroz vaqt berişdir. Yangilikni heç qaçon ertaga amalga oşiramiz deyiş kerakmas. Ma’lum vaqt davomida odamlarga ma’lumot oliş va munosabat bildiriş imkoniyatini beriş zarur.

Albatta, kommunikatsiya va tartibni aytib ötdim. Yuqorida siz 2026 yilgaça yangi tizimga tayyor böliş kerakligini aytdingiz, aynan şu davr odamlar bilib olişi uçun muddatdir. 

– Eski avtomaşinalarni utilizatsiya qiliş, uni yangisiga almaştiriş qanday ötişi kerak, sizningça?

– Bu böyiça Germaniya tajribasini aytib bera olaman. Öşa vaqtlarda hukumatimiz yaqin istiqbolni yangi avtomobillarni sotib olişni tezlaştirişimiz kerak deb körişdi. Jarayonda 2 ta tizim joriy qilindi. Birinçisi: yangi maşina sotib olsangiz, yo ma’lum miqdorda qöşimça pul olasiz, yo ikkinçi yöl – şaharda maşina uçun çegirmali soliq tölaysiz. Şunday qilib odamlarda savol tuğila boşladi: nega men avtomobilda faqat özim yurib, xarajatga tuşişim kerak, şunday bölişi mumkinmi?

Şu bilan biz öylagan tizim işladi va aholi, men maşinani faqat özim haydaşim kerakmi yoki yöq, deya ğoyalarini birlaştirdi va avtobus, metro yoki boşqa qulay alternativlardan foydalanişni boşladi. Yakunda turli tizimli kombinatsiyalar samara berdi.

– Hududlar böylab harakatlaniş qoidalarini buzganlik uçun jarimalar kameralar orqali boşqarilsa, hududlarga beriladigan maqom ham doimiy özgarib turişi mumkin. Şuni hisobga olsak, muammoli vaziyatlar köpayib ketmaydimi?

– Biz şaharlarimizda kameralardan foydalanmaymiz, agar maşina töxtab turgan bölsa, uning stikerini yöl xizmati xodimi tekşiradi. Bunda zonalarning toifasi tez-tez özgarmaydi, ular stabil bölib qoladi. Odamlar ham qaysi biri yaşil yoki sariq ekanini, qaysi toifadagi stiker bilan yuriş mumkinligini yaxşi bilişadi.

Agar kameralardan foydalaniş kerak deb hisoblansa, uni juda puxta, tizimli işlab çiqiş kerak. Tizimning işlaşi talablarga javob bersa, zonalar toifasini tez-tez özgartirmaslikni ham tavsiya qilgan bölar edim.

– Buning nazorat mexanizmini batafsil tuşuntirib berolasizmi?

– Xöp, yuqorida aytganimdek, avtomobil röyxatdan ötkazilib, tekşirilib, kerakli stikerga ega bölgaç, u qaysi hududlarda harakatlana olişi haqida ma’lumotlar böladi, ya’ni “qizil”, “sariq” yoki “yaşil” joylarda yuriş, yura olmaslik aytiladi.

Aytaylik, haydovçi biror hududga maşinasi bilan kirdi, ammo unda notöğri stiker bölsa, “parkovka” qilingan vaqtda politsiya xodimi tomonidan jarimaga solinadi. Hozirgi kunda bu summa bizda 80 yevroni taşkil qiladi.

– Yana bir qiziq savol: deylik, bir kişi yaşil hududda yaşaydi, lekin eski avtomobil haydaydi. Yaşil hududda eski maşinani haydaş esa jarimaga sabab böladi. Bunday vaziyatda qanday yöl tutiş kerak? Germaniyada şunday holatlarga qanday yeçim qilingan?

– Biz nafaqat transport vositalarini, balki avtobus yoki metrolarni ham hisobga olganmiz. Albatta, odamlarga çegara qöyganga yaraşa, qöşimça yeçimlarni ham taklif qiliş kerak. Bölmasa, yanayam kattaroq muammolar yuzaga kelişi mumkin.

Agarda bizda haydovçi maşinasini biror hududgaça haydab kelsa va ma’lum bir çegaradan boşlab joyga kirişi mumkin bölmasa, öşa yerda avtomobilni qoldirib, qolgan manzilgaça avtobus, metro yoki boşqa transport vositasida yetib olişni tavsiya qilganmiz. Menimça, bu bir neçta transport tizimlarini uyğunlaştirib, tizimli işlatişda juda yaxşi yeçim deb öylayman.

Bu – yaxşi tizim, çunki odamlar köryapti: u samarali. “Şahrimning havosi toza, barça odamlar bundan xursand. Mayli, men şaharda avtobusdan yoki metrodan foydalanib, avtomobildan biroz çeklanaman”, deyişi mumkin. Odatda har bir kişi özi yaşayotgan şaharning toza va soğlom, döstona ekanidan xursand böladi.

– Hududlarga qöyilgan datçiklar körsatkiçlariga köra, hudud maqomi onlayn özgarib turişi aytilyapti. Haydovçi eski avtomaşinada qizil hududda harakatlanayotgan edi, lekin hudud maqomi özgarib qoldi. Şunda haydovçi qanday yöl tutişi kerak? Hududni zudlik bilan tark etadimi?

– Odatda toifa haqidagi bunday onlayn ma’lumotlarni kuzatiş köproq harakat talab qiladi. Bu zonaning bir yoki bir neça kun özgarib qolişi haqida emas, masalan, zona “sariq” bölsa, faqat şu stiker bilan yura oladi. Agar jarayonda çegaradan oşib ketayotgani ma’lum bölsa, savol berilişi kerak: biz nima qila olamiz? Va keyin transport vositalari sonini kamaytirişga uriniş lozim, bu odamlarga tuşunarli bölişi kerak.

– Ekologiyani yaxşilaş uçun ekostikerlar tizimi bilan birgalikda yana qanday amaliy işlar qilinişi kerak?

 – Odamlar stikerlarni olişlari muhim, şuning uçun röyxatdan ötiş, stikerni oliş jarayoni osonlaştirilişi kerak. Avtomobilning emissiya darajasini körsatuvçi stikerni olgaç, qaysi hududlarga kiriş, kira olmaslik aniq bölişi zarur. Deylik, men qizil stikerli transport vositasidan foydalanib, “yaşil” hududga ötsam, hududdan çiqayotganimda jarimani tölaşim kerakligini bilişim lozim, tölovni ongli ravişda amalga oşirişim kerak. 

Yangi tizim işga tuşgaç, odamlar avtomobilini almaştirişga yoki jamoat transportidan foydalanişga majbur bölişi mumkin. Lekin bilişsinki, bu – eng samarali yöli. Çunki tizimning samaradorligi yuqori. Masalan, tizimni Myunxen, Frankfurt yoki Berlin kabi katta şaharlarda joriy qilişimizdan oldin yiliga ellik kundan köproq vaqtda hududlar havosi ifloslanardi. Stikerlaşni yölga qöyganimizdan keyin bu körsatkiç yiliga 1-2 yoki uç kunga tuşdi. Natijada havomiz atigi bir neça kungina ifloslanadigan böldi. Odamlarga yillar oldingi 15 kunlik ifloslaniş bilan, hozirgi ikki yoki uç kunligini körsatiş kifoya.

Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi.
Tasvirçi Mirvohid Mirrahimov,
Montaj ustasi Nuriddin Nursaidov.