Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zini Markaziy bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Fuqaro internet foydalanuvchilariga o‘zini Markaziy bank mutaxassis xodimi sifatida tanishtirib, ular ishonchiga kirish orqali bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan.
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 45 yoshli (ayol) U.J. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 4,1 mln so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida tug‘ilgan Urganch shahrida yashovchi 25 yoshli Q.J sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan Q.J. internet foydalanuvchilariga o‘zini Markaziy bankning mutaxassis xodimi sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kirish orqali bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan K.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘rilik, qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
19:08 / 07.07.2026
XVJ O‘zbekistondagi valuta kursining “suzuvchi” rejimini tan oldi
10:37 / 07.07.2026
Toshkentda onlayn qimor uchun mashina o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
19:43 / 04.07.2026
Eskrou orqali rasmiylashtirilgan oldi-sotdi bitimlari o‘sishda davom etmoqda
15:00 / 03.07.2026