Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT vakili: O‘zbekistonning narkotiklarga qarshi milliy strategiyasi giyohvandlikka qarshi kurash sohasida «muhim qadam»
BMT Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro kengashi kotibi (Avstriya) Mark Kolxon hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi direktor o‘rinbosari (Avstriya) Jan Lyuk Lemaye O‘zbekistonning 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan Narkotiklarga qarshi milliy strategiyasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
6 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakat genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Farmon bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya qabul qilindi. Strategiyada ichki ishlar organlarini narkotesterlar bilan ta’minlash, jinoyatlarni aniqlashda dronlardan foydalanish, mutaxassislar tayyorlash hajmini 5 baravarga oshirish va boshqalar maqsad qilingan.
Shu kunlarda mazkur strategiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari tomonidan e’tirof etilmoqda. Jumladan, BMT Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro kengashi kotibi Mark Kolxon ushbu strategiya giyohvandlikka qarshi kurash sohasida «muhim qadam» deb atadi.
"Narkotiklarga qarshi kurash xalqaro kengashi O‘zbekistonning 2024-2028 yillar uchun qabul qilingan Narkotiklarga qarshi milliy strategiyasini giyohvandlikka qarshi kurash sohasida milliy, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslarni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam, deb hisoblaydi", — dedi Mark Kolxon.
Shuningdek, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi direktor o‘rinbosari Jan Lyuk Lemaye ham strategiyaning ahamiyati borasida so‘z yuritib, xalqaro miqyosda giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni hal etishga imkon berishini ta’kidladi.
"O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 – 2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi nafaqat, milliy, balki mintaqaviy va xalqaro miqyosda giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarning hal etilishiga imkon beradigan dolzarb hujjatdir", — dedi Jan Lyuk Lemaye.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:28 / 12.05.2026