O‘zbekiston | 22:37 / 14.05.2024
8270
8 daqiqa o‘qiladi

«Oltin qalam» milliy mukofoti g‘olib va sovrindorlari e’lon qilindi

«Kun.uz» veb-sayti muharriri va maxsus muxbiri Shuhrat Shokirjonov tanlovning internet nashrlari yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi. 

Foto: Xalq so‘zi

14 may kuni «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida «Oltin qalam» XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

«Kun.uz» veb-sayti muharriri va maxsus muxbiri Shuhrat Shokirjonov tanlovning internet nashrlari yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi. 

Barcha nominatsiyalar, g‘oliblar va sovrindorlar quyidagicha: 

«Xitoy haqidagi eng yaxshi reportaj uchun» nominatsiyasi g‘olibi – Xitoyning «CGTN Russkiy» va Ozarbayjonning «CBC» telekanallarining O‘zbekistondagi maxsus muxbiri Barchinoy Jurayeva. 

«O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik yoritilgan eng yaxshi kontent uchun» nominatsiyasi g‘olibi – «O‘zbekiston» jurnali bosh muharriri Asadbek Bobojanov. 

«O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning yanada kengayishini ta’minlashga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun» nominatsiyasi g‘olibi – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi yetakchi muharriri Behruz Xudoyberdiyev. 

«Yoshlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi — «Yoshlar ovozi» gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi (gazeta bosh muharriri Hamza Abdullayev). 

«Ma’naviyatni yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ulari targ‘ib etilgan eng yaxshi materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi — Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi ikkinchi darajali muharriri Shohsanam Komilova. 

«Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi — «Yangi O‘zbekiston» gazetasi muxbiri Gulchehra Durdiyeva. 

«Davlat tilini rivojlantirishga bag‘ishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi - O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov. 

«Milliy urf-odat va an’analarimiz aks etgan eng yaxshi materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi - «Jizzax ovozi» gazetasi tahririyati jamoasi (gazeta bosh muharriri Said Donishev). 

«Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi — «Hurriyat» gazetasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha muxbiri Safar Omonqulov. 

«Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi — «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalari muxbiri Oksana Kadisheva. 

«Vatanimiz tarixiga bag‘ishlangan eng yaxshi ko‘rsatuvlar uchun» nominatsiyasi g‘olibi — «O‘zbekiston tarixi» telekanali katta muharriri Dilbar Qosimova. 

«Inson huquqlari va ijtimoiy hayotimiz bilan bog‘liq dolzarb mavzulardagi materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi — «Demokratlashtirish va inson huquqlari» jurnali tahririyati ijodiy jamoasi (jurnal bosh muharriri Erkin Ernazarov). 

«Eng yaxshi fotoreportaj uchun» nominatsiyasi g‘olibi — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi media markazi bosh mutaxassisi Muhiddin Alimbayev. 

«Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun» nominatsiyasi g‘olibi — Mualliflar jamoasi (Oybek Sultonov). 

«Eng faol tele va radio boshlovchi» nominatsiyasi g‘olibi — «O‘zbekiston» teleradiokanali katta muharriri Surayyo Mansurova. 

Tanlovning bosma nashrlar yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:

1-o‘rin — «Jadid» gazetasi bo‘lim mudiri Shoyim Bo‘tayev

2-o‘rin — «Narodnoye slovo» gazetasi mas’ul kotibi Nurlan Usmonov.

3-o‘rin — «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalilov. 

Tanlovning internet nashrlari yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:

1-o‘rin — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi markaz boshlig‘i o‘rinbosari Ikrom Avvalboyev.

2-o‘rin — «Kun.uz» veb-sayti muharriri va maxsus muxbiri Shuhrat Shokirjonov.

3-o‘rin — «Dunyo» AA tahririyati xizmat boshlig‘i Nargis Saidaliyeva. 

Tanlovning radio yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:

1-o‘rin — «Mahalla» radiokanali «Ma’naviy-ma’rifiy, ko‘ngilochar va musiqiy dasturlar» muharririyatining bo‘lim mudiri Umida G‘afforova.

2-o‘rin — «Qoraqalpog‘iston» radiokanali «Jamiyat-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari» bosh muharririyati muharriri Qunduz Jumag‘aliyeva.

3-o‘rin — «O‘zbekiston 24» teleradiokanali katta muharriri Shoira Umrzoqova. 

Tanlovning televideniye yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:

1-o‘rin — «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturi muxbiri Elyor Go‘ro‘g‘liyev.

2-o‘rin — «O‘zarxiv» agentligi matbuot kotibi, «Arxivarius» ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Anvarjon Aliyev.

3-o‘rin — «Renessans TV» telekanali bosh muharriri Jasur Rahmon. 

Tanlovning «Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun» nominatsiyasi g‘oliblari:

1-o‘rin — Tojikiston maorif vazirligining O‘zbek tili hay’ati rahbari, Tojikistonda o‘zbek tilida chop etiladigan «Ustoz», «O‘quvchilar», «Sirdosh» gazetalari va «Kichkintoy» jurnali rahbari Sulaymon Ermatov.

2-o‘rin — «TASS» axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri Valeriy Biryukov (Rossiya Federatsiyasi).

2-o‘rin — «The Economic Times» gazetasining diplomatik muharriri Dipanjan Roy Chaudhuri (Hindiston).

2-o‘rin — «The Hill» gazetasining jamoatchi muxbiri Jyeyms Durso (AQSh).

2-o‘rin — «Euronews» telekanali muxbiri Galina Polonskaya (Fransiya). 

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari g‘oliblari:

— Xalqaro press-klub muxbiri Umid Pirboyev.

— Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati (Axborot xizmati boshlig‘i Bobur Tulyaganov). 

Jurnalistika sohasida «Oltin qalam» XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning Bosh milliy mukofoti g‘olibi:

— «UzReport TV» telekanali jamoasi (telekanal direktori Ravshan Jo‘rayev).

Mavzuga oid