Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda otasi tomonidan zo‘ravonlikka uchragan opa-singilga xolasi vasiy bo‘ldi
Qashqadaryoda 16 yoshli qiz onasining o‘limidan keyin u va singlisi otasi tomonidan turli shakldagi zo‘ravonlikka uchraganini aytgandi. Bolalar ombudsmani opa-singilga xolasi vasiy bo‘lganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta’lim olish munosib sharoitlarini ta’minlay olishi masalasi har tomonlama o‘rganilgan. Qarshi shahar hokimi tegishli qarori bilan M.Sh. va N.Sh. vafot etgan onasining opasi bo‘lgan Q.D. qizlarga vasiy etib tayinlandi.
Q.D. o‘z homiy va vasiyligidagi voyaga yetmagan M.Sh. (2008 yilda tug‘ilgan) va N.Sh. (2010 yilda tug‘ilgan)ni tarbiyalashi, ularning ta’minoti, sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishi, shuningdek, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mas’ulligi tegishlicha yuklatildi.
Mavzuga oid
17:51 / 09.07.2026
Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga boshpana muddati 30 kundan 6 oygacha uzaytiriladi
17:37 / 09.07.2026
Bolaga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachiga bog‘chada ishlash 1 yilga taqiqlanishi mumkin
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026