Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklarni Slovakiyaga manzilli ishga yuborish rejalashtirilmoqda
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Viktor Boretskiy bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ayni paytda Yevropa Ittifoqi davlatlarida demografik jarayonlarning keskin o‘zgarishi natijasida mehnat resurslariga talab ortib bormoqda. Shu kabi omillardan kelib chiqib, o‘zbekistonliklar rivojlangan G‘arb mamlakatlari xususan, Slovakiyada ham vaqtincha mehnat faoliyatini olib bormoqda. Ular yirik ishlab chiqarish quvvatlari, transport xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalarda mehnat qilmoqda.
Elchi bilan uchrashuv konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi. Asosiy e’tibor Slovakiyaga vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun ketayotgan fuqarolarni har tomonlama himoya qilish, viza olish, suhbatdan o‘tish jarayonlarini tartibli, har ikki tomon uchun qulay tashkil etish va manzilli ishga yuborishga qaratildi.
Mavjud bir qator masalalar ham o‘rtaga tashlanib, ularning yechimi yuzasidan birgalikda ish olib boriladigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi
20:21 / 27.11.2025
Ish samaradorligini pasaytiruvchi 5 omil
15:41 / 26.11.2025