Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev telefon orqali muloqot qildi
17 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari Qozog‘iston prezidentini tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi. Qosim-Jo‘mart To‘qayevning O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.
Ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston-Qozog‘iston ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirishga doir dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar. Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuvdagi kelishuvlarning amalga oshirilishi va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihalarining yangi portfelini shakllantirish, biznes va hududlarni jalb qilgan holda sanoat, transport va logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi kooperatsiyani ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi. Faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
22:06 / 30.06.2026
To‘qayev Qozog‘istondagi hokimiyatda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni e’lon qildi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026