Özbekiston hukumati “Quyoşli xonadon” dasturi doirasida jismoniy şaxslar oldidagi subsidiya qarzdorliklarini tölab bermoqda.

Soliq qömitasi xabariga köra, joriy yilning aprel-may oylarida 60 193 nafar jismoniy şaxs “Quyoşli xonadon” dasturidan foydalanib, elektr tarmoqlariga uzatilgan 156 125 388 kWh quyoş energiyasi uçun davlat budjetidan 156 mlrd 125 mln söm subsidiya oladi (1 kWh uçun 1000 sömdan).

Subsidiyaning eng katta qismi Xorazm (29,1 mlrd söm) va Buxoro (27,1 mlrd) viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasiga (19,1 mlrd) töğri keladi.

“Quyoşli xonadon” dasturi böyiça aprel-may oylaridagi subsidiya pullari – jami 9 million 386 ming söm hisobimga tuşdi”, – deyiladi 2 iyul kuni obunaçilardan biri Kun.uz'ga yuborgan videoda.

Kun.uz'ning yana bir muştariysi ikki oy uçun 9,5 mln söm subsidiya olganini ma’lum qildi. Avvalroq ikki oylik qarzdorliklar yuzasidan fuqarolar murojaatlarini yoritgan, bu mavzuda iqtisodçi Otabek Bakirov bilan suhbat ham taşkil etgan edik.

Bakirovning e’tibor qaratişiça, jismoniy şaxslarga ikki oylik subsidiyalar tölana boşlagan bölsa-da, tadbirkorlar tomonidan quyoş panellari orqali tarmoqqa uzatilgan elektr energiyasi uçun yarim yilga yaqin yiğilib qolgan qarzdorliklarni tölaş borasida hozirça özgariş kuzatilmayapti.

Iqtisodçi avvalroq Kun.uz'ga bergan intervyusida quyoş panellaridan umumiy elektr tarmoğiga uzatilayotgan energiya uçun subsidiyalarning heç qanday izohsiz töxtatilganini “işonçga putur yetkazuvçi holat” deb baholagandi. U hukumatni investorlar bilan dastlab qanday kelişuv tuzilgan bölsa, öşa majburiyatlarga amal qilişga çaqirgandi.

E’tiborlisi, subsidiya tölovlari nega töxtab qolgani yuzasidan na Energetika vazirligi, na Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy izoh berdi. Soliq qömitasining 2 iyul kungi bayonotida ham keçikiş sabablariga töxtalinmagan.