Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon, Google va OpenAI xavfli sun’iy intellekt modellarini ishlatmaslikka va’da berishdi
Kompaniyalar SI modellari bilan bog‘liq xavflarni qanday baholashni tavsiflovchi xavfsizlik qoidalarini oshkor etishga rozi bo‘lgan.
Sun’iy intellekt (SI) sohasidagi yetakchi kompaniyalar sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha yangi ixtiyoriy majburiyatlarni oldi. Bu haqda Financial Times Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya hukumatlari bayonotlariga tayanib yozdi.
Xususan, ular o‘zlarining ilg‘or SI modellari bilan bog‘liq xavflarni qanday baholashni tavsiflovchi xavfsizlik qoidalarini oshkor etishga va agar jiddiy xavflarni yumshatib bo‘lmasa, «modelni umuman ishlab chiqmaslik yoki joylashtirmaslik»ga va’da berishdi.
Boshqalar qatorida, bunday majburiyatlarni Amerikaning Amazon, Google, Meta, OpenAI, shuningdek, Ilon Maskning X.AI, Xitoyning Zhipu AI kompaniyalari o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
18:43 / 29.05.2026
Anthropic kompaniyasi OpenAI’ni ortda qoldirib, eng qimmat sun’iy intellekt startapiga aylandi
23:39 / 18.05.2026