Germaniyada «Reyxsburgerlar ishi» bo‘yicha ikkinchi sud boshlandi
Ular davlat to‘ntarishiga urinish, davlatga xiyonat va terrorizmda ayblanmoqda. «Reyxsburgerlar» Germaniya Federativ Respublikasining qonuniyligini tan olmaydi va o‘zini Germaniya reyxi fuqarolari deb hisoblaydi.

Foto: Reuters
Germaniyada «Reyxsburgerlar» o‘ng qanot radikal harakati ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi, ularning tarafdorlari Germaniya Federativ Respublikasining qonuniyligini tan olmaydi va o‘zini Germaniya reyxi fuqarolari deb hisoblaydi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Sud mahkamasi 2025 yil yanvarigacha davom etadi, hukm qachon chiqarilishi noma’lum.
2022 yil dekabrida nemis razvedka xizmatlari «reyxsburgerlar» fitnasini fosh qildi, ularning maqsadi mamlakat hukumatini ag‘darish edi. Qadimgi nemis zodagonlari vakili shahzoda Geynrix XIII Roys boshchiligidagi o‘ng qanot radikal guruhining bir necha a’zolari qo‘lga olindi. Sudlanuvchilar safida shahzodadan tashqari sobiq sudya, parlamentning sobiq a’zosi va iste’fodagi bir qancha harbiy ofitserlar - jami to‘qqiz kishi bor.
Shov-shuvli ish Frankfurt chekkasida, ushbu sud uchun maxsus qurilgan yuqori darajadagi xavfsizlik sud zalida ko‘rilmoqda. Bu kamida 27 kishi ishtirok etgan fitnachilariga qarshi ikkinchi sud jarayonidir.
Prokuraturaning ta’kidlashicha, fitnachilar kansler Olaf Sholsni o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Shuningdek, parlamentga bostirib kirib, deputatlarni hibsga olib, hokimiyatni egallashni rejalashtirgan. Ular davlatga xiyonat va terrorizmda ayblanmoqda. Gumondorlar ayblovlarni tan olmagan.
Prokurorlar, shuningdek, fitnachilar 500 ming yevro miqdorida mablag‘ va 100 mingdan ortiq patron yig‘ganini ta’kidlamoqda.
29 aprel kuni Shtutgartda «Reyxsburgerlar» ishi bo‘yicha birinchi sud jarayoni boshlandi. U yerda «harbiy qanot» a’zolari sifatida tasniflangan fitna ishtirokchilari sudlanmoqda, bu ayblanuvchilar guruhining vazifalari hokimiyatni qurol bilan egallash bo‘lgan. Sudga tortilganlardan biri qotillikka suiqasdda ham ayblanmoqda.
Ish bo‘yicha dastlabki tintuvlar 2023 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan. Razvedka xizmatlariga ko‘ra, fitnachilar Geynrix Roysni yangi davlat rahbari etib tayinlashni rejalashtirgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, Roys Germaniya imperiyasini tiklashni jiddiy maqsad qilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriyada Trampning sanksiyalarni bekor qilish haqidagi so‘zlari olqishlandi
Jahon | 12:27
-
Putin borsa, Tramp ham boradi: Istanbulda uchrashuv sodir bo‘ladimi?
Jahon | 12:26
-
Peskov: Rossiya delegatsiyasi muzokaralar uchun 15 may kuni Istanbulga boradi
Jahon | 12:23
-
Emmanuel Makron: Parij Ukraina armiyasini kuchaytirishda davom etadi
Jahon | 12:15
Mavzuga oid

17:08 / 17.04.2025
Suriyada davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

21:07 / 09.04.2025
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish bostirilgani e’lon qilindi

20:59 / 06.03.2025
Ruminiyada davlat to‘ntarishiga urinishda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ish figurantlaridan biri - 101 yoshli general

20:44 / 06.03.2025