O‘zbekiston | 08:53 / 21.05.2024
1376
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yashil obligatsiyalarni muomalaga kiritish tartibi ishlab chiqildi

"Yashil" obligatsiyalar orqali "yashil" infratuzilmaga xususiy kapitalni jalb qilish belgilangan.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining "Yashil obligatsiyalarni joylashtirish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qoidalarni tasdiqlash haqida"gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

Prezidentning "2030 yilgacha O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq "yashil" obligatsiyalar orqali "yashil" infratuzilmaga xususiy kapitalni jalb qilish - “yashil” moliyalashtirishni yanada kengroq targ‘ib qilish uchun rag‘batlantirish va arxitektura yaratish orqali xususiy sektorni "yashil" korxonalarga investitsiya kiritishga yo‘naltirish belgilangan.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan mazkur topshiriqni bajarish maqsadida "Yashil obligatsiyalarini joylashtirish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qoidalarni tasdiqlash haqida"gi buyrug‘i loyihasini ishlab chiqilgan.

Loyiha 7 bob 28 banddan iborat. Loyiha bilan:

- yashil obligatsiyalarni chiqarish dasturi;
- chiqarishni ro‘yxatga olishga doir talablar;
- joylashtirilgan yashil obligatsiyalardan kelib tushgan mablag‘larni boshqarish;
- mablag‘larni taqsimlash haqida va ta’sir haqidagi hisobotlar;
- ma’lumotlarni oshkor etish va hisobdorlik;
- qoidalarni buzganligi uchun choralar belgilangan.

Loyihani ishlab chiqishda Yevropa Ittifoqining qator davlatlari (Angliya, Germaniya, Vengriya va boshqalar), Indoneziya, Pokiston va boshqa davlatlarning tajribalari o‘rganilgan.

Loyiha qabul qilinishi natijasida:

  • "yashil" iqtisodiyotga o‘tishga qo‘shimcha manbalar shaklantirishga yordam beradi;
  • kapital bozori sohasida yangi qimmatli qog‘ozlar turini paydo bo‘lishi va natijada kapital bozorni kengayishiga olib keladi;
  • O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini oshirishiga yordam beradi.

Loyiha qabul qilinishi davlat budjetidan mablag‘lar ajratilishini talab etmaydi.

Mavzuga oid