Naşrda Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida "Atrof-muhitni asraş va "yaşil" iqtisodiyot" yili davlat dasturi loyihasi yuzasidan ötkazilgan yiğiliş tafsilotlari qalamga olingan.
Maqolada yozilişiça, oxirgi uç yilda joylarda 3,5 gigavattli 16 ta yirik quyoş va şamol elektr stansiyalari işga tuşirildi, 35 ta kiçik GES qurildi, quyoş panellari örnatgan xonadonlar 60 mingdan oşdi. "Yaşil makon" umummilliy dasturi doirasida daraxtlar ekilib, boğlar yaratilyapti.
"2025 yilda mamlakat energetika tizimida "yaşil" energiya uluşini hozirgi 16 foizdan 26 foizga yetkaziş rejalaştirmoqda. Buning uçun yana 3,5 gigavattli 16 ta yirik quyoş va şamol stansiyaci, 160 megavattli 5 ta yirik GES va 1,8 gigavattli energiya saqlaş quvvatlari işga tuşiriladi", – deb yozadi "SNG.Today".
Qayd etilişiça, Özbekiston rahbari bunga qöşimça yana 1 gigavatt quvvatli loyihalarni şakllantiriş böyiça körsatma berdi. "Şuningdek, davlat korxonalari, sanoat va xizmat körsatiş majmualari hamda xonadonlarda quyoş panellari örnatişni rağbatlantiriş davom ettiriladi. Bu uçun 2 trillion söm kredit ajratiladi", deyilgan maqolada.











