Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda «layk» maqsadida mashina oynasini sindirib, «tomosha ko‘rsatganlar» qamaldi
Ikki nafar yigit mayda bezorilik qilganlikda aybdor deb topildi.
Xorazm viloyati, Urganch shahrida «layk» yig‘ish maqsadida mashina oynasini sindirib, bir-birini haqorat qilgan shaxslarga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Qayd qilinishicha, ikki nafar yigit bir-biri bilan janjallashgani haqidagi videolavhani ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Lavhada ulardan biri onasini so‘kkan shaxsni jazolamoqchi bo‘lib, uning mashinasiga chiqib, oynasini oyog‘i bilan tepib sindirgani, so‘ngra mashina egasi voqea joyidan ketib qolgani ko‘rinadi. Ta’kidlanishicha, ushbu lavha ikkala shaxs tomonidan ijtimoiy tarmoqda «layk» yig‘ish maqsadida sahnalashtirilgan.
IIO xodimi bergan izohga ko‘ra, 21 may kuni kechqurun S.Sh. va S.M. oldindan kelishib, ijtimoiy tarmoqdagi profilida «layk»larni ko‘paytirish va obunachilar sonini oshirish maqsadida Urganch shahrida videorolik ishlagan. Ular bir-biriga nisbatan haqoratli so‘zlarni ishlatgan. Shundan so‘ng, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ish ochilib, sudga oshirilgan.
Sud hukmi bilan S.Sh. 15 sutka, S.M. esa 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini olgan.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026