Markaziy bank 2023 yil uçun moliyaviy barqarorlik şarhini e’lon qildi.
Regulyator 2024 yil yanvar oyida 2024 yil I yarim yilligi uçun Özbekiston moliya tizimida yuzaga kelişi mumkin bölgan tizimli xatarlarni aniqlaş hamda ularning ta’sir kölamini baholaş maqsadida 35 ta tijorat banklari (respondentlar) orasida sörovnoma ötkazgan.
Uşbu sörovnoma moliya tizimidagi asosiy tizimli xatarlar böyiça kutilmalar, xatarlarning yuzaga keliş ehtimoli hamda moliya tizimida kuzatilgan sönggi özgarişlar kabi qismlardan iborat. Respondentlarning 5 ta eng dolzarb tizimli xatarlar böyiça kutilmalariga köra, valuta kursining özgaruvçanligi, inflatsiyaning oşişi, geosiyosiy xatarlarning yanada avj olişi, aholi qarz yukining ortişi va kiberhujumlar bilan boğliq xatarlar moliya tizimiga ta’sir qiluvçi eng asosiy xatarlar sifatida baholanmoqda.

Har bir respondent tomonidan qayd etilgan 5 ta eng muhim tizimli xatarlar töplamining 77 foizi valuta kursining keskin özgaruvçanligi, 51 foizi inflatsiya sur’atining tezlaşişi, 49 foizi taşqi geosiyosiy xatarlar, 46 foizi aholi qarz yukining ortişi, 43 foizi kiberhujumlar bilan boğliq xatarlardan iborat.

Şuningdek, respondentlar Özbekiston moliya tizimiga sezilarli ta’sir körsatişi mumkin bölgan iqlim özgarişi xavflari, iqtisodiy pasayiş, likvidlilik bilan boğliq muammolar va sanksiyalar xavfi bilan boğliq xavotirlari mavjudligini ham bildirişgan. Tizimli xatarlarning sodir böliş ehtimolini baholaş böyiça sörovnoma natijalariga köra, 66 foiz respondentlar Özbekiston moliya tizimida tizimli xatarlarning qisqa muddatda (0–12 oy) sodir böliş ehtimollik darajasini past hisoblamoqda. Şuningdek, 54 foiz respondentlar tizimli xatarlarning örta muddatda (1–3 yil) sodir böliş ehtimollik darajasini örtaça baholamoqda.
Avvalroq, Xalqaro valuta jamğarmasi missiyasi Özbekiston iqtisodiyoti uçun ehtimoliy xatarlarni ma’lum qilgandi. Ekspertlar xulosasiga köra, Ukrainadagi uruşning avj olişi, tovarlar narxlarining özgaruvçanligi va jahon iqtisodiyotidagi stagnatsiya ehtimollari Özbekiston iqtisodiyoti uçun taşqi xatarlarni taşkil etadi. Içki xatarlar qatorida esa davlat xarajatlarini qisqartiriş keçikişi, davlat-xususiy şeriklik bilan boğliq majburiyatlar yuzaga kelişi va boşqalar keltirib ötilgan.








