Sönggi yillarda Özbekistonda köçmas mulkni xarid qiliş xususiyati birlamçi ehtiyojni qondirişdan investitsiyaga özgargan. Bu haqda Markaziy bankning 2023 yil uçun moliyaviy barqarorlik şarhida keltirib ötilgan.

Regulyatorning qayd etişiça, köçmas mulk bozorida uy-joy narxlarining ortiqça baholanişi saqlanib qolmoqda. Yillar davomida yuqori sur’atlarda ösib borayotgan uy-joylarning bozor qiymati uşbu aktivlarga bölgan talabni yanada oşirmoqda. Yuqori talab şaroitida taklif hajmining sezilarli ortda qolişi uy-joy narxlarining fundamental omillarga, xususan aholi daromadiga boğliq bölmagan holda ösişini yuzaga keltirmoqda. Bundan taşqari, uy-joylarni ijaraga beriş orqali köriş mumkin bölgan rentabellik darajasining pasayişiga qaramay, spekulyatsiya omili ta’sirida köçmas mulk bozorida yuqori faollik va talab hajmi ortgan.

Natijada, 2023 yil davomida köçmas mulk bozorida uy-joylarning örtaça bozor narxi fundamental narxidan 24 foizgaça yuqori baholanişi kuzatilgan.

«Sönggi yillarda Özbekistonda köçmas mulkni xarid qiliş xususiyati birlamçi ehtiyojni qondirişdan investitsiyaga özgardi. Uy-joy narxlarining milliy va xorijiy valutadagi indekslarida kuzatilgan yuqori ösiş sur’atlari ularga bölgan talabni yanada oşirmoqda. 2023 yilda milliy va xorijiy valutadagi uy-joy narxlari indekslari mos ravişda 43 hamda 23 birlikka oşdi.

Bundan taşqari, mamlakatda kapital bozorining yetarli darajada şakllanmagani, moliya instrumentlarining ommalaşmagani, şuningdek, köçmas mulk bozorida uy-joy narxlarining ösiş sur’ati bank depozitlari daromadliligiga (2023 yil davomida, 1 yildan yuqori bölgan jami muddatli depozitlar böyiça örtaça tortilgan foiz stavkalari milliy valutada 20 foiz, xorijiy valutada 5 foiz) nisbatan ham yuqori bölişi aholi tomonidan köçmas mulk bozoriga sarmoya kiritişning yuqori rentabelli aktiv sifatida qaralişiga sabab böldi», deyiladi Markaziy bank şarhida.

Uy-joy narxlari ösişida taklif omilining ta’siri pastligiça qolgan. 2023 yil yakuniga köra quriliş-montaj işlari narxlarining yillik ösiş sur’ati 5,2 foizni taşkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 5,4 foiz bandga kamaygan. 2023 yil davomida quriliş-montaj işlari narxlarining yillik ösiş sur’atlarida kuzatilgan uşbu pasayiş tendensiyasi köçmas mulk bozoridagi narxlarning yuqori ösişida taklif omilining ta’siri past ekanidan dalolat beradi.

Köçmas mulk bozorida uy-joyga bölgan talab va taklif nomutanosib ravişda şakllanişda davom etmoqda. 2023 yilda amalga oşirilgan quriliş işlari hajmining ösişi (15 foiz) mamlakat nominal YaIM ösiş sur’atlariga (19 foiz) nisbatan pastroq şakllangan.