Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Belgiya talabalari o‘rtasida almashuv dasturlari amalga oshiriladi
O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov Belgiyaning yetakchi va eng qadimiy oliy ta’lim muassasalaridan biri – Lyoven universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan mazkur universitet o‘rtasida iqtisodiyot, biznes boshqaruvi, ijtimoiy fanlar, muhandislik, biologiya fanlari, muhandislik texnologiyalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Universitet rahbariyati O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
Ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari talabalari, tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilarini jalb etgan holda qo‘shma almashinuv dasturlari amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
14:45 / 02.03.2026
Belgiya Rossiyaning “yashirin floti” tankerini qo‘lga oldi
09:04 / 25.02.2026
O‘zbekiston 2026 yilda 12 mln xorijiy mehmonni qabul qilishni rejalashtirmoqda
16:07 / 20.02.2026