Sizda oilaviy muammo bormi? Turmuş örtoğingiz har kuni gullar-u sovğalar olib kelmayaptimi? Yoki oğir kasalmisiz? Balki farzand körmoqçidirsiz? Bularning barini bittada hal qiluvçi “mutaxassis” bor. Kursini sotib olsangiz bas... Yo birinçi darsdanoq çuv tuşganingizni bilib aqlingiz kiradi, yoki xomxayollar sizni tark etmaguniça yolğon kurslarga qatnab yuraverasiz.

Bugun respublikamizda “motivator”, “layf koaç” (hayot murabbiyi), “qalbşunos”, “islomiy psixolog”, “psixogenetik” degan nomlar bilan 100ga yaqin şaxslar faoliyat olib borişyapti. Ammo psixologik yordam körsatuvçi bunday “mutaxassislar” qança köp bölmasin, natija körinmayapti. Yaqinda e’lon qilingan dunyo mamlakatlarining ruhiy salomatlik borasidagi reytingida Özbekiston eng kam ball töpladi va eng baxtsiz mamlakat deb topildi. Xöş, bu qanday namoyon bölmoqda?

Masalan, mamlakatda tibbiyot tizimi yaxşi işlamasligi oqibatida dori biznesining qanday rivojlanganini va uning oqibatlarini körib turibmiz. Xuddi şu kabi bizda psixologik xizmat borasida ham yetarli tizim şakllanmagani bu yönalişda noinsof biznes şakllanişiga olib kelyapti.

Bu biznesning jozibadorligi şundaki, ular juda katta ayollar auditoriyasiga ega. Oiladagi ijtimoiy, iqtisodiy zöravonliklar, moliyaviy mustaqil böliş istagi bu auditoriyaning ularga qaramligini yanada oşiradi. Eşitib, hayratda qolişingiz aniq. Çunki ular orasida qizlarga, turmuşdan ajraşgan ayollarga millioner erga tegişni va’da qiladiganlariyam bor. Yoki har qanday erkakni aqldan ozdiriş san’ati böyiça mahorat darslari deyiş ham mumkin. Ularni bemalol erşunoslik fani asosçilari desa böladi.

Ammo bundan bir oğriqni ham his qilamizki, göyoki özbek ayollarining erdan, maişiy masalalardan boşqa dardi yöqday. Şunday oğriq bilan psixologga murojaat qilgan, erini yanada e’tiborli bölişini istagan qahramonimiz butunlay ajrimga kelib qolganini aytadi:

“Instagram'da rosa kuzatardim – psixologlar eringiz bilan munosabatlarni yaxşilaymiz. Sizga e’tiborli bölib qoladi degan videolarini körardim. Psixologimiz juda çiroyli kiyingan, hammani öziga qaratadigan ayol edi.

Men bilan alohida işlaşini söradim. “Agar puliga çidasangiz, mayli siz bilan alohida işlayman” dedi. Ikki baravar qimmatakan bunaqa işlasa mayli töladim. Bir kuni erim bilan ham işlaşlari kerakligini aytdi. Eng katta xatoyim şu yerda böldi deb öylayman, hammasi mana şundan keyin boşlandi. Öşa psixolog ayol bilan erimni örtasida nimadir boşlanganini sezdim. Erim tez-tez safarga çiqadigan bölib qoldi. Ularni orasida juda katta, juda qalin munosabatlar borligini sezdim.