Biznesda konsalting va trening xizmatlari haqida köplab çalkaş tuşunçalar bor. Bu ikki xizmat nimasi bilan farq qiladi? Qaysi holatda qay biri samaraliroq? Professional xizmat nimasi bilan ajralib turadi? Şu kabi savollar bilan servis va savdo böyiça mutaxassis Alişer Rustamovga murojaat qildik.

— Konsalting, kouçing, treningning bir-biridan farqli tomonlari nimada?

— Kouçing – bu biror bir insonni tor yönalişda mutaxassis qiliş. Masalan, futbol öyinçisida ham özining bir treneri böladi, töğrimi? U kouç deyiladi. U bilan yuzma-yuz işlab, har birining potensialini ölçab, ularning zaiflik tarafini bartaraf etişga, ya’ni minimallaştirişga qaratilgan bir xizmat turi desa böladi.

Trening deganda, bu 20 ta yoki undan ziyodroq odam, ma’lum bir könikmaga ega bölib çiqadigan yiğiliş. Tinglovçilar 20 tadan köproq bölsa, bu – seminar.

Konsalting sohasi – bu biror bir biznesning içiga kirib, bevosita biznes egasi yoki biror bir bölimi bilan yaqindan işlaş.

— Treninglarda gapiriladigan universal maslahatlar barça uçun töğri keladimi?

— Infobiznes bölişining sababi umumiy ilmsizlikka borib taqaladi. Kitoblar köp, internet oçiq, YouTube bor. Qaçon maslahatlar töğri keladi, qaçonki trener haqiqatdan ham şu tor yönalişning egasi bölsa. Umumiy biznes trening bölsa, buning samarasi pastroq böladi. Masalan, beton sotadiganlar bor, brusçatka sotadiganlar... Ayrim tadbirkorlar mahsulotini davlatga sotadi, ayrimlari birja orqali sotadi. Bunday odam çakana sotuv treningiga kirib qolsa, ötmaydi-da bu narsalar.

Trening – oddiy tuşunça: xona, odamlar ötiribdi qator bölib, eşitib ötirişibdi, seminar dars kabi. Bu teoriya uçun, ya’ni nazariya uçun kerak. Bundan tepa bosqiçi konsalting böladi. Mana şu narsalarni bildim, tuşunçaga ega böldim, ana endi özim şuni qila olmayapman, kuçim yetmayapti, deydigan bölsa, konsalting xizmati yordamga keladi. Masalan, borib mahsulotingizni tarğib qiliş, uni sotişda yordam beriş, mijozlar bilan aloqa boğlaş.

Köplar CRM tizimi qilib qöygan. Birining CRM tizimida 5000 ta mijozi bor ekan, heç qaysisi bilan aloqaga çiqişmagan. Şunçaki yozib olişar ekan. Qayta aloqaga çiqiş yöq. Biz qayta aloqaga çiquvdik, 470 tasi qaytib keldi va xarid böldi. Ya’ni heç qanaqa reklamasiz. Endi konsalting xizmati deganda, mana şu siz bilan yelkama-yelka biznesingiz içida, amaliyotda işlaydigan mutaxassis, kompaniya yoki mutaxassis nazarda tutiladi.