Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya gazini O‘zbekiston orqali tashish hajmi 11 milliard kub metrga yetkazilishi mumkin
«Markaziy Osiyo – Markaz» quvuri tizimining o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ta’kidlanmoqda.
Foto: RIA Novosti
Qozog‘iston hududi orqali Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tadigan quvurning o‘tkazuvchanligi kengaytirilishi mumkin. Bu esa tranzit hajmini 11 milliard kub metrgacha oshiradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunida ma’lum qildi.
«Markaziy Osiyo – Markaz» quvuri tizimining o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, bu kelgusi yilda O‘zbekistonga gaz yetkazish hajmini 11 milliard kub metrgacha oshirish imkonini beradi», dedi Rossiya rahbari.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiyaning energetika kompaniyalari allaqachon faol.
«Ular neft-kimyo ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash va yoqilg‘i ta’minoti bilan shug‘ullanmoqda», deb aniqlik kiritdi Putin.
Mavzuga oid
08:27
Putin harbiylar uchun Telegramʼdan foydalanish xavfli ekanini aytdi
09:42 / 05.03.2026
Putin Vengriya TIV rahbari Siyyartoga ikki harbiy asirni topshirdi
12:43 / 03.03.2026
Gaz uchun qishki mavsumdagi limit barcha hududlarda 15 martgacha uzaytirildi
15:21 / 02.03.2026