Sönggi vaqtlarda daraxtlarni kesiş – daraxtlarni “köçirib ötqaziş” nomi ostida davom etmoqda. Bugun önlab xususiy firmalar daraxtlarni köçirib ötqaziş amaliyotini taklif qilyapti. Lekin bu jarayon qonunçilik bilan tartibga solinmagan. Biror normativ-huquqiy hujjatda daraxtni köçiriş standartlari belgilanmagan. Daraxtlarni kesişga e’lon qilingan moratoriy ham çetlab ötilib, ular bir joydan ikkinçi joyga xohlagan tartibda olib ötilmoqda. Ekofaollar fikriça, tizimni zudlik bilan tartibga soliş, iloji bölsa, amaliyotni çeklaş kerak. Bu daraxtlardan qutulişning «innovatsion» usuliga aylanyapti. 

Kun.uz’ning navbatdagi körsatuvida köp yillik daraxtlarni kesişga nisbatan joriy qilingan moratoriyni aylanib ötiş sifatida keng qöllanilayotgan “köçiriş” amaliyoti haqida gaplaşamiz. Suhbatdoşlarimiz ekofaol Nargis Qosimova, Ekologiya vaziri maslahatçisi Rasul Kuşerbayev va daraxt köçiriş bilan şuğillanayotgan xususiy firma rahbari, tadbirkor – Bekali Ismailov böladi.

Ekofaol Nargis Qosimova, Ekologiya vaziri maslahatçisi Rasul Kuşerbayevning ta’kidlaşiça, moratoriy e’lon qilindimi, daraxtlarga umuman tegmaslik kerak. Lekin davlatda aholi köpaymoqda, tabiiyki, yangi uy-joylar, infratuzilma, ijtimoiy soha obektlariga talab kundan kunga oşib boradi. Şunday şaroitda mavjud yaşillikni yer bilan yakson qiliş örniga daraxtlarni köçirib ötqaziş amaliyoti göyoki ularning yaşab qolişi uçun bitta imkoniyat sifatida qaraladi. Lekin aksariyat buyurtmaçi quruvçilar köçirişni daraxtlardan qutuliş usuliga aylantirib yubordi. 

Misollarda kelişiça, hattoki, yaşil makon aksiyasi doirasida ekilgan köçatlar ham ozgina vaqt ötar-ötmas boşqa joyga köçirilmoqda. Qaysi joyga, qay tartibda, kim köçiradi – bularning bari savol ostida qolib ketyapti.

Xuddi şunday amaliyot bilan professional tarzda şuğillanib kelayotgan taşkilot rahbari – Bekali Ismailov fikriça, bugun xohlagan odam xohlagan usulida daraxt köçirmoqda. Vaqt, texnika, köçirilgan daraxtlarning tabiatga integratsiyasi, yaşab qolişi uçun kafolat – ikkilamçi masalalarga aylanib qolgan. Köçiruvçilar içida uy-joy qurayotgan firmalar ham bor. Ular daraxtlardan oson qutuliş niyatida köçirişdan foydalanyapti.

Ekofaol Qosimovaning qöşimça qilişiça, maxsus texnikalarning özi yetarli emas. Tabiat, daraxtlar himoyaçisi faqat davlat emas, jamiyat va odamlar bölişi kerak. Davlatda allergik, mavsumiy va boşqa turdagi kasalliklar avj olgan. Odamlar esa öz soğliği uçun ham yaşillikni himoya qilişi kerak, deydi u. 

Rasul Kuşerbayevga köra, afsuski, Özbekiston töğri ekosiyosat yuritişda ança keçikdi. Bundan taşqari, suhbat davomida yana bir muammo – daraxtlarga munosabat mavzusi ham kötarildi. Daraxtlarning tagini betonlaş – dunyoning biror joyida uçramaydigan vahşiylik, deydi ekofaollar.