Rossiya ittifoqchilar Normandiyaga tushirilganining yubiley marosimiga taklif qilinmaydi
Avvalroq tashkilotchilar Rossiya prezidenti Vladimir Putinni taklif qilmoqchi emasliklarini bildirishgan edi. Endi yubiley tadbiriga Rossiya vakillaridan hech kim taklif etilmasligi ma’lum bo‘ldi.
Rossiya delegatsiyasi ittifoqchilarning Normandiyaga tushirilganining 80 yilligini nishonlash marosimiga taklif etilmaydi. Bu haqda 30 may, payshanba kuni Reuters agentligi ikki yuqori martabali yevropalik diplomatga tayanib xabar berdi. Ularning fikricha, Rossiya Federatsiyasi vakillarining ishtirok etishini hech kim xohlamayapti, chunki Rossiya Ukrainada urush olib bormoqda.
Aprel oyida fransuz ommaviy axborot vositalari yubiley tadbiri tashkilotchisi - Mission Libération kompaniyasiga tayanib, faqat Rossiya prezidentining kelishi kutilmayotganini, ammo Rossiya Federatsiyasining ba’zi vakillari «sovet xalqining jasorati va 1945 yildagi g‘alabaga qo‘shgan hissasini tan olgan holda» taklif qilinishi mumkinligini yozgan edi.
Rossiya rasmiylarining ishtirok etmasligi
Endi manbalar Ukraina va AQSh prezidentlari Volodimir Zelenskiy va Jo Bayden ishtirok etadigan marosimda Rossiya rasmiylarining ishtirok etishini imkonsiz deb atamoqda.
G‘arbiy ittifoqchilarning 1944 yil 6 iyunda Normandiyaga tushirilishi yoki «D kun» Britaniya, AQSh va Kanada qurolli kuchlarining 156 000 askarini o‘z ichiga olgan Ikkinchi jahon urushi davrida Hitler qo‘shinlariga qarshi eng yirik harbiy operatsiyalardan biri bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:30
G7 RFning yadroviy ritorikasini qoralab chiqdi
01:17
Rossiyada ota-ona qarovisiz qolgan uch nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
23:30 / 26.11.2024
Kreml tug‘ilish kam bo‘lgan hududlarning gubernatorlarini iste’foga chiqarishni boshlaydi
21:56 / 26.11.2024