Ğarb davlatlari Ukrainaga Rossiya hududiga hujum qilişga ruxsat berdi
|14:00 / 01.06.202417 66110 min
Rossiya janubiy harbiy okrugda taktik yadro maşğulotlarini ötkazar ekan, Ğarbning 11 davlati özlari yuborgan qurollar bilan Rossiya hududiga zarba berişga ruxsat beryapti. Bu esa mojaroda yangi sahifa oçilişidan darak. "Geosiyosat" mavzu atrofidagi dinamik özgarişlar bilan boğliq savollar yuzasidan siyosiy tahlilçilar Oybek Sirojov va Kamoliddin Rabbimovga yuzlandi
— Ğarbning 11 davlati Ukrainaga özlari yetkazayotgan qurol bilan Rossiya hududiga zarba berişga ruxsat berdi, bu qaror jang maydoni va front orti siyosatga qanday ta’sir qiladi?
Oybek Sirojov: — Jarayon murakkablaşyapti. Ikki davlat rahbarlari turli davlat taşriflari ötkazyapti, tinçlik sammiti kutyapti yaqinda, kimdir uruşni töxtatiş haqida öylayapti, kimdir yangi bosqiçga olib çiqmoqçi. Nega bunday murakkablik bölyapti? Yevropa davlatlarining Ukrainaga berilgan qurollardan Rossiya hududiga işlatişga ruxsat beriş masalasi bölyapti. Bu yerda 2 ta masala bor. Bu narsa front uçun ahamiyat kasb etmaydi, çunki asosan içki hududlarga yönaltiriladi. Şu paytgaça Ukrainada Rossiya içkarisiga kiriş uçun ikki xil vosita bor edi: biri dronlar, ikkinçisi çegaradoş hududlarda turli kuçlar kirişi. Bu orqali Rossiya xalqida vahima uyğotiş maqsad qilingandi, bu tendensiya bugun ham bor. Bu uruş gibrid uruş, şu sabab front ortidagi vaziyat, jamiyat kayfiyati muhim. Rossiya jamiyati uruşni bevosita his qilgani yöq, şuni his qildiriş hukumatga bosim ötkaziş uçun muhim rol öynaydi. Rossiya qöşini Bryanskka kiriş mumkin bölgan Xarkov tomonda front oçdi, ya’ni Ukrainadan dron uçiriş, zarba beriş imkoniyatini çeklaş uçun.
Oldin dronlar uçirilgan bölsa, endi raketalar masalasi bölyapti, buning oqibati jiddiy böladi, çunki vayronkorlik kuçi katta raketaning. Ğarb ruxsat berişda faqatgina harbiy harakatlar bilan boğliq obektlarga zarba beriş kerak degan şart qöyyapti.
— Ukraina tomonidan Rossiya hududiga zarba beriş salohiyatiga ega qanday qurol turlari mavjud?
Oybek Sirojov: — Britaniyaning Storm shadow raketasi bor. Asosan Yevropada 3 xil raketa bor, Fransiyaning 400 kmga uçuvçi va Germaniyaning kuçli 500 kmga uçuvçi raketalari ham bor, bu raketaga 2 ta kallak joylaştiriş va ikkita nişonga zarba beriş mumkin. Lekin Germaniya buni beriş-bermasligi söroq ostida.
— Rossiya bu qarorning ehtimoliy amalga oşişiga qanday javob berişi mumkin?
Kamoliddin Rabbimov: — Putin Toşkentga safari söngidagi matbuot anjumanida şu savolga javob berdi. 11 davlat deyilyapti, lekin 27 may kungi NATO sammitida 24 ta davlat bunga ruxsat berişini aytdi, 8 tasi qarşi böldi. Putin aytdiki, Ukraina Rossiya hududiga uzoq masofali raketa uçira olmaydi, buning uçun raketa bergan davlatlar yuqoridan kordinatsiya qilib turişi kerak, dedi. Yevropa davlatlari kiçik, aholi ziç, biz aniq zarbalar bera olamiz, deb tahdid ham qildi. Rossiyaga zarba berişga qarşi bölganlar asosan Germaniya va Italiya. Fransiya va Angliya esa bevosita hujum bölişi kerak deyapti. Rossiya bu ruxsat berişni qizil çiziqni kesiş deb talqin qildi va bunday qilganlar puşaymon böladi, dedi. AQŞ öylanyapti bu masalada. Qarşi ham çiqmadi, qöllamayapti ham. 24 ta NATO a’zosi rozi bölişi AQŞning ham bilvosita roziligini anglatadi, nazarimda.
Mavzuga oid
Ötgan yili Ukraina Rossiya neft obektlariga hujum qilgaç, AQŞ vitse-prezidenti bunday qilmang, deb ogohlantirgandi. Çunki bu neft bozorida beqarorlikka olib kelişi mumkin edi.
Bugun 3 ta omil bor. Hozir uruşda taşabbus Rossiya tomonida. Qurol-yaroğ keç yetib kelyapti, uruşdan çarçaş bor, insoniy resurslar yetmayapti. Ikkinçisi yaqinda böladigan Şveytsariyadagi tinçlik sammiti, Turkiya fikriça bu sammit köproq NATOni birlaştiriş sammiti. Uçinçisi AQŞdagi saylov. Bungaça aniq bir loyihalar yöq. Şveytsariyadagi sammitda yagona pozitsiya işlab çiqiladi va keyingi sammitga Rossiya taklif qilinişi mumkin.
Oybek Sirojov: — Rossiya uruşda ustun kelyapti. Bu uruş özi holdan toydiruvçi uruş hisoblanadi, aynan hudud uçun emas. Ukrainada muammolar bor, hukumat legitimligi, qöşinlarni töldiriş kabi. Hozir yangi qurollar berib, mavjud front çiziği uşlab qolinmasa, muammolar böladi. Rossiya Xarkivda front oçganiga sabab Ukraina qöşinini bölib şu tomonga jalb qiliş. Şu jihatlarga köra adekvat yöl tutilyapti. Agar Rossiyaga raketa zarbalari bölsa, Rossiya özining havo hujumidan mudofaa tizimlarini qayta körib çiqişiga töğri keladi.
Şveytsariyadagi sammit tinçlik muzokarasi uçun birinçi qadam böladi. Şungaça Rossiya ham özining tarafdorlarini köpaytirib, muzokaralar stoliga qöyadigan vositalarni orttirmoqçi.
Sammitda 3 asosiy masala qöyiladi: yadroviy xavfsizlik, asirlarni almaştiriş, oziq-ovqat xavfsizligi. Ukraina uruşini qaysidir ma’noda qöllayotgan global janub hisoblanadi, lekin global janub har qanday şaroitda yadro quroli işlatmaslik kerak, deydi. Rossiya yadro quroli omilini olib çiqaversa, Ğarb Rossiya şu darajaga keldi, deb bosim qilişi mumkin global janubga.
— Ukrainaning Ğarb qurollari orqali Rossiyaga zarba berişi xalqaro huquq va uruş qoidalariga qançalik mos?
Oybek Sirojov: — Bu uruşda xalqaro huquq işlayapti, deb bölmaydi.Uruş haligaça harbiy operatsiya deyilyapti, çunki uruş e’lon qilsa, xalqaro sudga tortiladi. Şuning uçun bu uruşda ma’lum me’yorlarga amal qiliş masalasi murakkab.
Kamoliddin Rabbimov: — Qrim anneksiyasini Rossiyaning eng yaqin ittifoqçilari ham tan olmagan. Xalqaro qonunçilikka köra, yadroviy tahdid, işlatiş man qilingan. Bugun kamida 9 ta davlatda yadro quroli bor. Yadroviy uruş oqibati qanday bölişini insoniyat tasavvur qilolmaydi. Yadro bombani taktik yoki strategik işlatiş mumkin.
Vengriya boş vaziri Orban aytdiki, uruş boşlansa, bu Yevropaga qimmatga tuşadi, deb. Rossiya, albatta, işlatadi, degan işonç bor unda. Bu bilan Rossiya propagandasiga yordam berib yubordi.
Oybek Sirojov: — Nega Bayden vazmin bu masalada? U katta tajribaga ega siyosatçi. Yadro qurolini qisqartiriş şartnomalari bölgan paytda ham iştirok etgan, mas’ullardan bölgan. U yadro qurolining imkoniyatlarini, jarayon nima bilan tugaşini biladi. Uning mas’uliyati ham bor.
— NATO va Yevropa Ittifoqi mazkur qaror atrofidagi pozitsiyasi bir xilmi?
Oybek Sirojov: — YeIda qöllagan davlatlar NATOda ham qöllayapti. Asosiy qaror qabul qiluvçi AQŞ sukut saqlayapti hozirça. Yana bir masala bor bu yerda. Yaqinda sammit böladi, şu doirada ikki tomonni yaqinlaştiriş masalasi böladi. Ğarbning hozirgi harakatlari Rossiyani öylab körişga majbur qiladi.
Putinning oxirgi bayonotlariga qarasak, Putin sulh tuzişga rozi. Biz tayyormiz, lekin Ukraina tayyor emas, deyapti. Ğarb uçun ham biz rozimiz degan signal bu. Rossiya Ukrainani butunlay bosim olmoqçi, degan fikrlarga qöşilmayman. Çunki uni keyinçalik boşqarib bölmaydi, muammolar tuğdiradi. Putin angladiki, Ukrainani butunlay egallab nazorat qiliş imkonsiz va şuning uçun kelişuvlarga rozi. Istanbul kelişuvlarida asosiy masala hudud emas, Ukraina neytraliteti masalasi.
Şveytsariyadagi sammitdan keyin yana bir sammit bölib, unda Rossiya tomoni ham iştirok etişi aytilyapti OAVda. Şu narsaga ham alohida e’tibor beriş kerak.
— Bu qaror NATO va Rossiyaning de-fakto töqnaşuviga aylanişi mumkinmi?
Kamoliddin Rabbimov: — Töğridan töğri töqnaşuv degani emas, Rossiya şunday talqin orqali bosim qilmoqçi. Putin Rossiyaga raketalar uçirilsa, buni öşa raketa bergan davlatlar qilgan böladi, Ukrainaning özi qilolmaydi, dedi. Ukraina avvalo Rossiya armiyasining front orti bilan zanjirini uziş, janubiy harbiy okrugiga zarba beriş haqida öylayotgan bölişi mumkin. Töğridan töğri katta şaharlarga hujum bölişi ehtimoli kam, çunki bu narsa Rossiya jamiyatini Ukrainaga qarşi uyğotişi mumkin. Taktik yadro quroli işlatişgaça olib berişi mumkin bunday harakat.
— F16 qiruvçilari qaçon beriladi?
Oybek Sirojov: — Yozda, uzoği kuzda F16 qiruvçilari beriladi, degan xabarlar bor. Umumiy soni 80 taga yaqin. Bu uruşga ta’sir qiladi, Ukrainaning nozik tomoni havo mudofaasi bölib turibdi. F16 berilsa, Rossiyaning aviabombalardan foydalaniş imkoniyati çeklanadi.
Bu F16'lar qaysi aerodromlardan uçadi, degan masala ham bor. Rossiyaning raketa zarbalariga uçragan aerodromlari F16'lar uçun möljallangan edi. Ukrainaning bu borada imkoniyatlari çeklagan. F16'lar Ukraina atrofidagi davlatlarda joylaşadi degan taxmin ham bor. Amio oqibatda öşa davlatlar ham Rossiya nişoni bölişi mumkin.
Bugun Özbekiston manfaatlari nuqtai nazaridan heç bölmasa uruşni muzlatiş töğri böladi bizga. Xalqaro hamjamiyat şunga e’tibor qilişi kerak. Muhimi, qurbonlar bölmaydi, harbiy harakatlar yöq, keyin muzokaralar bilan kelişaverişadi hududlarni. Şunday bölsa maqsadga muvofiq böladi deb öylayman.
Kamoliddin Rabbimov: — Possovet hududi davlatlari manfaatiga Ukrainaning yerlari qaytarilişi töğri keladi, garçi buni oçiq aytmasa ham. Çunki dunyoda boşqa davlat hududini bosib oliş tendensiyasi boşlansa, dunyoda betartiblik böladi, 19-asrdagidek holat paydo böladi. Rossiyaning bu harakatlari muvaffaqiyatli bölsa, yangi tartibsizlik böladi dunyoda. Xitoyning iddaolari bor, Hindiston-Pokiston masalasi bor va boşqa köplab şunday muammolar.
Ukraina zaiflaşuvi katta muammo possovet davlatlari uçun. Ammo Ukraina ham xatolar qildi, masalan, 7 oktyabrdan keyin Zelenskiy töliq Isroil tarafida böldi. Keyin bu masalaga aralaşmadi boşqa, ammo ğişt qolipdan köçgan edi.
Oybek Sirojov: — Öz prinsiplariga qarşi çiqib, yana bir agressor davlatni qölladi Zelenskiy.