Jahon | 19:29 / 03.06.2024
9317
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston «xavfli virus» sababli 4 tonna pomidorni O‘zbekistonga qaytardi

Qariyb 30 tonnaga yaqin pomidor zararli ekani sababli eksport qiluvchi mamlakatlarga qaytarilgan. 

Foto: Pixabay

Qozog‘istonda qariyb 30 tonnaga yaqin pomidor zararli ekani sababli eksport qiluvchi mamlakatlarga qaytarildi. Bu haqda Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agrosanoat majmuasidagi davlat nazorati qo‘mitasi xabar berdi. 

«2024 yilda Turkiston viloyatida joylashgan fitosanitariya nazorati postlari orqali 1075 ta avtomashinada jo‘natilgan 15,6 ming tonna pomidor mahsuloti olib kirildi. Shu bilan birga, fitosanitariya talablari buzilganligi (fitosanitariya sertifikati, yorlig‘i yo‘qligi) tufayli hajmi 29,5 tonnani tashkil etgan pomidor eksport qiluvchi davlatga qaytarildi», deyiladi xabarda. 

Qayd qilinishicha, 4 tonnadan ziyod pomidor O‘zbekistonga qaytarilgan. 

«Zararlanish holatini aniqlash maqsadida pomidor, baqlajon, shirin qalampirning har bir partiyasi tegishli karantin fitosanitar ekspertizasidan o‘tkazildi, oqibatda «jigarrang pomidor virusi» aniqlandi. Mahsulotlar zararlangani sababli 56,1 tonna pomidor Turkmanistonga, 4,2 tonna pomidor O‘zbekistonga qaytarildi», deyiladi xabarda. 

Shuningdek, 2024 yil boshidan buyon fitosanitariya talablariga javob bermaydigan, import qilingan 497 ming tonnadan ortiq mahsulot fitosanitariya nazorati punktlariga qaytarilgan.

Mavzuga oid