27-29 may kunlari Qozoğistonning Olmaota şahrida iqlim özgarişi böyiça xalqaro konferensiya bölib ötdi. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan bir qança rasmiy vakillari, jurnalistlar hamda xalqaro taşkilotlardan mutaxassislar iştirok etdi.

Konferensiya doirasida qator mavzularda panel sessiyalari taşkil etildi. Xuddi şu sessiyalardan birida qatnaşgan tabiat resurslari va iqtisodiyot böyiça xalqaro ekspert Riks Boş Kun.uz muxbiriga “Tolibon” hukumati tomonidan qurilayotgan Qöştepa kanali hamda uning Özbekistonga ta’siri haqida gapirib berdi.

Riks Boş

Riks Boşning aytişiça, bu loyihaning Özbekistonga salbiy ta’siri ijobiysidan köproq, uning realizatsiyasi katta miqdordagi suvning isrofiga, qişloq xöjaligida suv tanqisligi hamda suv narxining oşişiga olib kelişi mumkin.

“Qöştepa kanalining qurilişi – juda qiziq mavzu. Birinçi bölib 1950 yilda mazkur loyihaga inglizlar, keyinroq ruslar qiziqib, uning ustida işlab ham körişgandi. Söng oxirgi nuqtada amerikaliklar bir “siljitib körmoqçi” bölişdi. Keyin esa buni Afğoniston amalga oşiradigan böldi. Garçi, ularning bunga mablaği mavjud bölmasa-da. Kanalni quriş muammo emas, eng katta muammo kanaldagi yöqotişlar bilan boğliq.

“Tolibon” kanalga Amudaryo suvining 20 foizini yuborişni rejalaştirgan. Agar şunday qilinsa, Xorazm va Qoraqalpoğiston Amudaryodan foydalanişni 50 foizga qisqartirişi kerak böladi. Bir öylab qaraganda, bunga samaradorlikni oşiriş orqali qisman erişiş mumkin, ammo fermerlar uçun yaxşigina tanqislik yuzaga keladi. Nima bölganda ham bunda Özbekiston aziyat çekadi.

Yuqorida aytganimdek, kanal quriş oson, suğoriş tizimini quriş esa 10 barobar qiyin. Tolibon hukumati buni qila oladimi yoki yöq, javob olinişi kerak bölgan eng katta savol ham şu. Bu qurilişning asosida inşootlarini barpo qiliş metodologiyasi turadi. Eşitilişi juda oddiy, ya’ni şunçaki qaziş kerak deb hisoblaysiz. Ammo bunda suv miqdorini aniqlaş uçun suğoriş sxemasi juda aniq va batafsil işlab çiqilişi kerak. Bu esa öylanganidan ança murakkabroq.

“Tolibon” qiyinçiliklarga duç keladi, deb öylayman. Aytaylik, suğoriş uçun qatorlarda suv oçib qöyiladi, har bir qatorga teng ravişda suv taqsimlay oliş juda qiyin. Bularning hammasini boşqariş oson emas, toliblar kanal qurişdan köra, uni işlata olişiga köproq kuç sarflaşi kerak böladi. Agar bu tizim işlab çiqilmasa, kanal böylab kamida 30-40 foiz suv isrof bölişi mumkin.