Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidan Rossiyaga 5 mingdan ortiq ishchi yuboriladi
Nijyegorod viloyatida qishloq xo‘jaligi, qurilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, dehqonchilik sohasida 5 mingdan ortiq ishchilar zarur bo‘lib, o‘rtacha oylik ish haqi 50-70 ming rublni tashkil etadi.
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Rossiyaning Avtonom notijorat tashkiloti mintaqaviy kadrlar agentligi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Liliya Baturskaya boshchiligida viloyatda mehmon bo‘lgan Nijniy Novgorod viloyati delegatsiyasi, avvalo, hududlardagi tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Toshkent viloyatidagi o‘quv markazlarida mehnat migrantlarining Rossiyada qonuniy ishga joylashish bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, til o‘rgatish kurslarida o‘qish, rossiyalik ish beruvchilar talabiga binoan malaka oshirish, bir so‘z bilan aytganda, fuqarolarni jo‘nab ketishdan oldin keng qamrovli tayyorlash ishlari xususida tushuntirishlar berildi.
Nijyegorod viloyati bilan tuzilgan bitimga ko‘ra, kelgusida kadrlar almashinuvi, mehnat migratsiyasini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha uzoq muddatli manfaatdorlik ekanligi ta’kidlandi.
Muzokaralar chog‘ida viloyatda qishloq xo‘jaligi, qurilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, dehqonchilik sohasida 5 mingdan ortiq ishchilar zarurligi, o‘rtacha oylik ish haqi 50-70 ming rublni tashkil etilishi ham qayd etildi.
Mavzuga oid
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026