Joriy yil 4 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida Oliy Majlis senati raisi Tanzila Norboyeva boşçiligida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining sayyor majlisi bölib ötdi.

Majlisda Milliy va hududiy kengaş a’zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari vakillari, Boş prokuratura, vazirlik va idoralar rahbarlari, Yoşlar parlamenti a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Unda Surxondaryo viloyatida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, şuningdek, jinoyatçilikning oldini oliş va kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş borasidagi işlar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, prezidentimiz rahbarligida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatiga 2 mlrd dollar miqdorida investitsiya jalb etiş, 425 ming aholini band qiliş va eksport hajmini 320 mln dollarga yetkaziş kabi muhim vazifalar belgilangan.

Şu bilan birga, Surxondaryoda içimlik suv ta’minotini yaxşilaş, infratuzilmani modernizatsiya qiliş va mahalliy boşqaruv tizimini takomillaştiriş yönalişlarida ham qator amaliy işlar olib borilmoqda.
Sözga çiqqanlar korrupsiyaning oldini oliş davlat va jamiyat hayotidagi barça islohotlar samaradorligini ta’minlaydigan asosiy omil ekanini ta’kidladi.


Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişda boşqaruvning yangi tizimini joriy etiş böyiça ham Surxondaryoga alohida e’tibor berilmoqda. Şu bois viloyat rivoji, aholi turmuşi, kayfiyati uçun muhim bölgan energetika, quriliş, kadastr kabi sohalardagi işlar holati körib çiqildi.
Örganişlar körsatganidek, energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş, yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab oliş, qurilişda mablağlarni asossiz sarflaş, davlat xaridlarida manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyiş holatlari uçramoqda.
Joriy yilning ötgan davrida viloyatda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni 50 foizga ortib, ular asosan ta’lim, soğliqni saqlaş va energetika sohalariga taalluqli ekanligi qayd etildi.

Milliy kengaş a’zolari va mutasaddi idoralar rahbarlari tomonidan uşbu holatlarni tizimli tahlil qiliş, ularning sabablarini bartaraf etiş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilab olindi.
Majlisda viloyatda huquqbuzarlikning oldini oliş, jinoyatçilikni kamaytiriş borasida tizimli işlar amalga oşirilgani qayd etildi. Şu bilan birga, oilaviy nizolar oqibatidagi jinoyatlarning ortib borgani, bu borada “mahalla yettiligi” va huquq-tarğibot organlari bilan hamkorlikning sustligi, natijada profilaktik işlar olib borilmaganligi tanqid qilindi. Şuningdek, firibgarlik, ayniqsa, kiberjinoyatçilikning oldini oliş böyiça tizimli işlarni kuçaytiriş yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Majlis yakunida mas’ul rahbarlar zimmasiga barça sohalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytiriş, raqamlaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş, aholi murojaatlarini tezkor hal etiş hamda mahalliy kengaşlar faolligini kuçaytiriş böyiça vazifalar yuklatildi.
Şuningdek, öz işiga sovuqqonlik bilan yondaşgan bir qator rahbarlar hamda hokim yordamçilari kabi 14 nafar mas’ul xodimga nisbatan faoliyatidagi kamçiliklar uçun intizomiy çora köriş, ayrimlarini lavozimidan ozod etiş böyiça topşiriqlar berildi.












