Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narendra Modi yana Hindiston bosh vaziri bo‘ladi
Parlamentda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritgan Milliy demokratik alyansi uning nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
Hindistonning Milliy demokratik alyansi (NDA) yetakchilari 5 iyun kungi yig‘ilishda Narendra Modini bir ovozdan NDA rahbari etib sayladi.
«Biz, NDA yetakchilari, bir ovozdan hurmatli Narendra Modini o‘z yetakchimiz etib saylaymiz», deyiladi alyans bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, alyans «mamlakatni har tomonlama rivojlantirish uchun Hindiston xalqining turmush darajasini oshirishga qaratilgan faoliyatni davom ettiradi».
Avvalroq, Hindistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida bosh vazir Modining «Bharatiya Janata» partiyasi (BJP) g‘alaba qozongan, shundan so‘ng, Modi qonunchilikka ko‘ra iste’foga chiqqan edi.
Modining partiyasi saylov yakunlariga ko‘ra, parlamentdagi 240 o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Bu ko‘pchilik bo‘lish uchun yetarli emas edi, lekin NDA 292 o‘rinni qo‘lga kiritib, 543 o‘rinli parlamentda ko‘pchilikni ta’minladi.
Endi Modi NDA tomonidan shakllantiriladigan hukumatni boshqarishi va qatorasiga uchinchi muddat bosh vazir lavozimini egallashi kutilmoqda. U 8 iyun kuni qasamyod qiladi va yangi hukumatni shakllantiradi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026