00:26 / 07.06.2024
4783

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi nishoni bilan taqdirlandi

Mazkur oliy mukofot Turkiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan davlat arboblariga beriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Anqara shahriga tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Respublikasi nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini O‘zbekiston rahbariga Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tantanali ravishda topshirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Bugun, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiya Respublikasining bunday yuksak mukofotini olish men uchun katta sharafdir. Ushbu mukofot xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, oliy darajadagi ishonchli muloqot hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanishining ramzidir, – dedi davlatimiz rahbari.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, mazkur oliy mukofot Turkiya Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Turkiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan davlat arboblariga beriladi.

Top