Davlat idoralaridagi nepotizmga barham berişga qaratilgan qonun davlat fuqarolik xizmatining siyosiy guruhiga kiruvçi lavozimlardan taşqari barçaga birdek – davlat organlaridan tortib harbiylargaça amal qiladi. Antikorrupsiya agentligi va Adliya vazirligi rahbariyati qonunning eng muhim jihatlariga töxtaldi.
Özbekistonda davlat idoralaridagi qarindoş-uruğçilikka qarşi qaratilgan “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi qonun nihoyat qabul qilindi.
Hujjat davlat organlari va davlat uluşi 50 foizdan ortiq kompaniyalarga nisbatan tatbiq etiladi.
Qonun bilan nimalar nazarda tutilayotgani va uning mazmuni borasida 7 iyun kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxonov va Adliya vaziri örinbosari Alişer Karimov jurnalistlar uçun matbuot anjumanini ötkazdi.

Kun.uz anjumandagi eng muhim savollarga berilgan javoblarni bir videoga jamladi.
Anjuman avvalida korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxonov bu qonunni qabul qiliş zarurati haqida gapirdi.
“Qonun hujjatlarida şu paytgaça manfaatlar töqnaşuvi haqida tuşuntiriş berilgan bölsa-da, davlat organlari va muassasalarida ularni amalga oşiriş mexanizmlari yöq edi.
Ikkinçidan, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş böyiça yagona amaliyotni şakllantiruvçi vakolatli davlat organi mavjud emasdi.
Uçinçidan, davlat taşkilotlarida manfaatlar töqnaşuvini aniqlaş, ularning oldini olişni tartibga solişning samarali huquqiy mexanizmi mavjud emas edi.
Törtinçidan, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöygan holda tuzilgan şartnomalarni haqiqiy emas deb topiş böyiça huquqiy asoslar yetarli emas edi.
Beşinçidan, “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunda manfaatlar töqnaşuvi nima ekani va bunga yöl qöygan davlat xizmatçilari tegişli ravişda javobgarlikka tortilişi belgilab qöyilgan bölsa-da, şu kungaça kodekslarimizda javobgarlikka tortişga asos böluvçi huquqiy mexanizm yöq edi va bizda ularni javobgarlikka tortiş imkoniyati mavjud emasdi. Bu jamoatçilikning haqli e’tirozlarini keltirib çiqardi.
Qonunçilikda bunday böşliqlarning mavjudligi manfaatlar töqnaşuviga oid korrupsion harakatlarni sodir etişga imkon yaratib berayotgandi”, - dedi Akmal Burxonov.

U keltirgan ayrim statistik ma’lumotlarga köra, ötgan 2023 yil davomida davlat xaridlari böyiça 4500 ta 573 mlrd sömlik şartnomalar manfaatlar töqnaşuviga yöl qöygan holda tuzilgani aniqlangan. 141 mlrd sömlik 220 ta şartnoma haqiqatda manfaatlar töqnaşuvi mavjudligi şaroitida tuzilgani, 9 ta şartnoma esa 3 mlrd sömga qimmat narxlarda imzolangani aniqlangan.
“Ötgan davrda 1500 ga yaqin hokimlar, ularning örinbosarlari va hokim yordamçilari tadbirkorlik sub’yektlarida iştirok etayotganini aniqlaganmiz, hattoki vazirlik va idoralarning ham yuqori lavozimlarida işlovçi şaxslarida bunday holatlar aniqlangan. Işonç bilan aytamanki, “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi qonunning amaliyotga tatbiq etilişi va bu qonunni buzganlik uçun javobgarlik belgilanişi davlat xizmatida nepotizm, qarindoş-uruğçilikning oldi olinişiga, şu orqali korrupsiyani bartaraf etişga imkon yaratadi. Bu davlat xizmatining jozibadorligi oşişiga yordam beradi”, - dedi agentlik direktori.
Adliya vaziri örinbosari Alişer Karimov esa “Manfaatlar töqnaşuvi” atamasini izohlarkan, bu bilan mansabdor şaxsning xizmat majburiyatlarini obektiv va xolis bajarişiga tösqinlik qiladigan vaziyatlar tuşunilişini ta’kidladi.
“Şaxsiy manfaat deganda şaxsning özi yoki yaqin qarindoşiga – oilasi, ota-onasi, er-xotinlarning ota-onasi va opa-singillari bilan boğliq holatlarda, şuningdek, ularga aloqador bölgan tijorat taşkilotlariga taalluqli masalalarda bevosita yoki bilvosita qaror qabul qiliş jarayonida nafni közlaş tuşuniladi.
Uşbu qonun kimlarga tatbiq etiladi? Bu davlat organlari, mahalliy hokimiyat organlari, şuningdek, davlat muassasalari, davlat unitar korxonalari, davlat maqsadli jamğarmalari, ustav fondida davlat uluşi 50 foizdan ortiq bölgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etiladi. 69 ta davlat organlariga, 220 ta davlat mahalliy organlari va 26400 ta davlat muassasalari, 503 ta davlat unitar korxonalari, 23 ta davlat jamğarmalariga, 153 ta davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi”, - dedi Alişer Karimov.

Vazir örinbosariga köra, şu paytgaça manfaatlar töqnaşuvi yuzaga kelganda javobgarlik çoralari aniq belgilanmagan edi, mazkur qonun bilan “Ma’muriy javobgarlik töğrisida”gi kodeksga alohida modda, 193 prim 4-moddasi bilan javobgarlik kiritilyapti.
“Manfaatlar töqnaşuvi aniqlanganda ma’muriy javobgarlik qöllanadi. Şaxsning özi tomonidan xabar bermaslik holati kuzatilganda BHMning 3-5 barobari miqdorida (1,7 mln sömgaça), takroran sodir etilganda esa jarima 2 barobar oşirilişi nazarda tutilgan. Bundan taşqari, şunaqa holatlar töğrisida xabar berilganda, mansabdor şaxs tomonidan tegişli ta’sir çoralari körilmasa, BHMning 5 barobaridan 10 barobarigaça (5 mln 100 ming sömgaça) ma’muriy jarima belgilanyapti”, - dedi adliya vaziri örinbosari Alişer Karimov.
Matbuot anjumanining ikkinçi qismida mas’ullar jurnalistlarning savollariga javob berdi.
– “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi qonun qaysi darajagaça işlaydi? Ya’ni sizlar vazirlik va idoralarni sanadingiz, ulardan yuqori taşkilotlar bor, masalan, Qonunçilik palatasi, Senat, Vazirlar Mahkamasi, sud tizimi. Qonun bu taşkilotlarga ham işlaydimi? Özi uning işlaşiga qançalik işonasiz?
– Qonun hukumat a’zolariga ham, parlament a’zolariga ham, prezident administratsiyasiga ham tatbiq etiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda çiqdi, harbiylarga tatbiq etilmaydi deb, hammaga tatbiq etiladi. Biz buning röyxatini şakllantiramiz, bu “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonundan farq qiladi. U köpçilikka tatbiq etilmaydi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar, deputatlarga tatbiq etilmaydi. Bu qonunda davlat organlari va taşkilotlari deyilyapti. Hammaga, 28 mingta idoraga tatbiq etiladi. Maksimal darajada röyxatga barça kiritiladi.
Oçiğini aytiş kerak, bugungi kunda “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun töliq işlamayapti. Işlamayotgan qonunlar bor. Lekin sababi texnik omillar bilan boğliq, qonunosti hujjatlar qabul qilinmagani bilan. Atayin emas. Lekin men xursandmanki, qonun 6 oydan keyin işga tuşişidan maqsad u kuçga kirişi bilan işlaşidir. Heç kimda savol qolmasligi kerak. [Mansabdorlarning] böysunuvida işlaydiganlarni rotatsiya qilişga majburlaymiz qonun kuçga kirgunça.

Nimaga bu qonun işlab çiqişi keçikdi? Biz uni punktma-punkt yozib çiqdik, maqsadimiz kuçga kirişi bilan savol qolmasligi kerak. Bugungi kunda savol juda köp. Siz aytgan misol ham şunday savollardan biri. Agar manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgan bölsa, imzolanganidan keyin ham bizga vakolat berilyaptiki, sud orqali bekor qiliş. Muhim tarafi endi davlat tölab bermaydi, kim xaridni amalga oşirgan bölsa, öşa mansabdor şaxs pulini tölab beradi. Davlat yutqazmaydi.
– Yuqori lavozimda işlaydigan amaldorning farzandi çet el fuqarosi, lekin Özbekistonda ham bizneslari bor. Sobiq taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning öğli haqida gapiradigan bölsak, madaniy meros obektlari röyxatida turgan bino uning nomiga ötdi, bino buzilib mehmonxona qurilyapti, bu masala qanday hal qilinadi?
– Qonunda fuqarolik bilan boğliq çeklov belgilanmagan. Yaqin qarindoş tuşunçasiga kirsa, bu, albatta, şaxsiy manfaat yoki manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq holatga tuşadi. Agar şu holatda manfaatlar töqnaşuvi bölsa, qaror qabul qilişda şu şaxsning iştiroki, vakolati bölsa, bitimdan keyingi protseduralar bor. Ya’ni sud tomonidan bitimni haqiqiy emas deb topiş va davlat daromadiga ötkaziş kabi. Şuning uçun şu narsani e’tiborga olişni söraymiz. Agar auksion orqali sotilgan bölsa, yer uçastkalari oçiq auksion orqali sotilişi belgilangan, bu holat şaffof mexanizm sifatida kiritilgan. Unda şaxs iştiroki közda tutilmaydi.
– Qayta qonunbuzarlik uçun ham ma’muriy javobgarlik belgilangan. Nima uçun qayta qonunbuziliş holatlari uçun jinoiy javobgarlik nazarda tutilmayapti?
– Ma’muriy javobgarlik nimaga belgilanyapti, asosan vaqtida xabar bermaganlik, qonunda körsatilgan normalarga qonunçilikka rioya qilmaganlik uçun. Boşqa holatlar bor, oğirroq holatda jinoyatga tortadigan. Bu öşa mansab vakolatini suiiste’mol qiliş. Bu, asosan, qonunga rioya qilmagan, vaqtida xabar bermaganlarga qöllanadi. Ayrim hollarda mansab vakolatiga sovuqqonlik bilan qaraş Jinoyat kodeksiga kvalifikatsiya qilinişi mumkin. Ya’ni neça marta sodir etilişi emas, agar rahbar şunga yöl qöyayotgan bölsa, jinoiy javobgarlikka tortilişi ham mumkin.
– 6 oydan keyin qonun kuçga kiradi, ungaça manfaatlar töqnaşuviga oid holatlar aniqlanişini aytib ötdingiz. Aniqlangan holatlar böyiça ta’sir çoralari qonun kuçga kirgaç qöllanadimi?
– Biz 6 oy davomida, dekabrgaça töliq örganamiz, agar holatlar aniqlansa, “şu şaxs sening böysunuvingda işlayotgan ekan, uni işdan böşatiş yoki rotatsiya çoralari körilsin” deb talabnoma kiritamiz. Qonun kuçga kirganidan keyin esa javobgarlikka tortiladi. Ya’ni ungaça biz şularni bartaraf etiş çoralarini köramiz va hammasini e’lon qilib boramiz. Oldini oliş böyiça körsatma beramiz.
– Ötgan yili dekabrda Yangi Toşkent şahri qurilişi direksiyasi rahbari 350 mlrd sömlik buyurtmani qarindoşiga tegişli kompaniyaga bergan bölişi mumkinligi haqida ma’lumotlar e’lon qilingan edi. Agentlik bu holat böyiça örganişlar olib bordimi?
– Bu yerda manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi qonun böyiça bekor qiliş asosi bor. Amaldagi qonunçilik böyiça esa qonunbuziliş aniqlanmagan, qonunçilikda huquqiy asosi bor: prezident qarori yoki hukumat qarori bilan töğridan töğri davlat buyurtmasi berilişi mumkin. Bu töğridan töğri vazir örinbosariga berilmagan, bunga amaldagi qonunda çeklov yöq. Manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi qonun bilan esa bunday holatlarga yöl qöyilmaydi. Agar yöl qöyilsa, bitimni bekor qiliş böyiça sudga da’vo arizasi kiritiladi.
– Jahon tajribasini köradigan bölsak, Xitoy va arab davlatlarida qat’iy va oğir jazolar belgilangan, lekin korrupsiya darajasiga köra ularning xalqaro reytingi yuqori emas. Lekin Yevropa davlatlariga qarasak, ularda jazolar oğir emas, lekin korrupsiyaga yöl qöyganlarning ism-familiyasini oçiqlaş yuqori natija bergan. Belgilangan jarimalar yengil emasmi?
– Savolga özingiz javob berdingiz. Ayrim davlatlarda jazo çoralari oğir, lekin samaradorlik yuqori emas. Biz özimiz ham xorijiy davlatlarda buning guvohi bölganmiz. Yevropa davlatlariga borganda, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilganda qanday çora bor desak, heç qanday, qonunda bor-ku, mumkin emas, bu haqda öylaşmaydi ham hatto, deydi. Ularda huquqiy ong, madaniyat yuqorimi, hatto jazo çoralari ham zarur emas. Lekin biz jazo çoralarini kiritişga majbur böldik. Biz huquqiy madaniyat yuqori bölişini xohlaymiz, mayli fuqarolar huquqini yaxşi bilmas, lekin davlat organiga jazo qöllaşning özi uyat. Bu jazoni qöllaşga majbur böldik. Oxirgi 3-4 yilda, mumkin emas bu, buni qilma deganimiz bilan foydasi bölmadi, majbur böldik çora qöllaşga. Bu samara bermasa, keyin parlamentga jazoni kuçaytiriş böyiça taklif kiritişga majbur bölamiz. Men şaxsan javobgarlik çorasini köpaytirişga qarşiman, lekin biz majbur böldik.
Oçiqlik töğrisidagi qonunda ham avvaliga jazo yöq edi, lekin heç kim majburiyatlarni bajarmadi. Oxiri jazo qöllaşga majbur böldik.
– Sud tizimi orqali har bir holatga çora köriş işni murakkablaştirişga olib kelmaydimi? Vakolatli organ özi çora körsa bölmaydimi?
– Vakolatli organga töğridan töğri jazolaş vakolatini beriş masalasini kötardingiz. Bir tarafdan fikringizda jon bor, huquqbuzarlikka tezkor çora köriş. Lekin Konstitutsiyada ham belgilab qöyilgan, har bir şaxs özining huquqlarini sud orqali himoya qiliş huquqiga ega. Sud orqali jazo qöllaş ham özaro tiyib turiş uçun zarur. Ma’muriy kodeksda ham organlarga töğridan töğri vakolatlar berilgan, lekin tahlillar bu ba’zan korrupsion holatlarga olib kelganini körsatadi.
– Qonunni işlab çiqişda umumta’lim maktablaridagi qarindoş-uruğçilik ham nazarda tutilganmi?
– Bugungi kunda qonunçilikka köra, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan istisno bor, bular pedagoglar, soğliqni saqlaş xodimlari va diplomatik vakillar yaqin qarindoşi bölsa ham işlaşi mumkin. Çunki diplomatik sohada kadrlar kam, pedagogika va soğlikni saqlaş sohasidagi rahbarlar uçun bu tuşadi, lekin ularning qölida işlayotgan öqituvçilar va şifokorlar uçun ta’sir qilmaydi. Xalqaro amaliyotda ham bu norma bor.
Lekin maktab direktori özining farzandini, yaqin qarindoşini işga olişi manfaatlar töqnaşuvi böladi, u boşqa maktabda işlaşi kerak. Bunday holatda uni rotatsiya qilişi kerak böladi.
Madina Oçilova, Kun.uz muxbiri







