Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Shvetsiyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
O‘zbekistonning ikki hududida AQSh va Shvetsiya davlatlariga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro R.K. fuqaro L.K.ning ishonchiga kirib, uni 19 000 AQSh dollari evaziga Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga olib o‘tib, ushbu davlatda ishga joylashtirishini aytib, oldindan 6200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro U.E. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Turkiya davlati orqali Shvetsiya davlatiga ishlash uchun yuborishini va’da qilib, jami 14 300 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026