Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon Surxondaryoda ko‘p qavatli uylar qurmoqchi
Omonxona va Sangardak hududlarida turizm loyihalari ham amalga oshirilishi mumkin.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Ozarboyjondan tashrif buyurgan Tobus Bashtiyan Ltd kompaniyasi rahbari Naig Mamadhasanov va Kaspian Kapital Group kompaniyasi rahbari o‘rinbosari Adolat Oxunovni qabul qildi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda mehmonlarga viloyatning investitsion salohiyati va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar taqdimot qilingan.

Xususan, uzumchilik, Omonxona va Sangardak hududlarida turizm loyihalarini amalga oshirish, Termiz shahridagi eski uylarni renovatsiya qilish hamda bo‘sh turgan yer maydonlarida 30 mingga yaqin ko‘p qavatli turar joylar va zamonaviy yo‘llar qurish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Mehmonlar mavjud imkoniyat va sharoitlar ma’qul ekanligini bildirib, loyihalarning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqish hamda qisqa muddatlarda loyihalarni amalga oshirish istagini bildirgan.
Mavzuga oid
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
18:21 / 17.01.2026
Surxondaryoda avtosalon mansabdori yuzlab odamni chuv tushirdi
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
11:12 / 14.01.2026