Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Markaziy banki sanksiyalar joriy etilganidan keyin ilk marta valuta kurslarini o‘rnatdi
Markaziy bank birjadan tashqari valuta bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha bank hisobotlari ma’lumotlari asosida dollar va yevroning rublga nisbatan kurslarini belgilashini ma’lum qildi.
Foto: Reuters
14 iyun kuni AQSh dollarining Rossiyadagi rasmiy kursi 88,20 rublni, yevro 94,83 rublni tashkil qiladi. Bu Rossiya Markaziy banki ma’lumotlaridan kelib chiqadi.
Moskva birjasida AQSh va Yevropa valutasi savdolari amalga oshirilmagan sharoitda Markaziy bank birinchi marta rublning dollar va yevroga nisbatan kursini o‘rnatdi. Bir kun avval ushbu valutalar bilan savdo qilish AQSh sanksiyalari tufayli to‘xtatilgan edi.
13 iyundan boshlab Rossiya Markaziy banki joriy ish kuni, Moskva vaqti bilan soat 15:30 holatiga ko‘ra, birjadan tashqari valuta bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha bank hisobotlari ma’lumotlari asosida dollar va yevroning rublga nisbatan kurslarini belgilaydi. Rublning rasmiy kursi yagona va bozor narxida bo‘ladi, faqat uni hisoblash uchun ma’lumotlar diapazoni o‘zgaradi, deb xabar berdi Markaziy bank.
Moskva birjasida o‘tkazilgan valutalarning so‘nggi savdosi kunida 1 dollar 89,10 rubl, yevro 95,62 rublni tashkil qilgan edi.
12 iyun kuni AQSh Moliya vazirligi Moskva birjasi, Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysiga qarshi sanksiyalarni e’lon qildi. Shundan so‘ng, Moskva birjasi 13 iyundan boshlab AQSh dollari va yevrodagi savdolar to‘xtatilishini e’lon qildi.
Mavzuga oid
20:45 / 28.12.2025
2025 yilning III choragida bo‘sh ish o‘rinlari soni oshdi – Markaziy bank
13:27 / 27.12.2025
O‘zbekistonda real ish haqi o‘sishi mintaqa davlatlariga nisbatan tezlashdi – Markaziy bank
15:30 / 25.12.2025
Markaziy bank moliya tashkilotlarida oldindan ogohlantirmasdan tekshiruv o‘tkazadi
18:43 / 23.12.2025