Sönggi yillarda göyoki klublar futboli ança ilgarilab ketgandek tuyuladi. Eng yaxşi murabbiylar öşa yerda, taktik yangiliklar klublarda kuzatiladi. Futbolçilar ham avvalgidek, jahon çempionati yoki Yevropa çempionatlarda emas, klublarda kuzatiladi – biz milliy jamoaga jalb qilingan afrikalik futbolçini ham ança oldin tanib bölamiz. Eng katta pullar klublar futbolida aylanadi, bu ham yangilik emas. Avvallari, milliy çempionatlar köp ham namoyiş qilinmas, şuning uçun ham milliy jamoalar örtasidagi musobaqalar katta bayramga aylanib ketardi. Hozir har haftada futbol. Uşbu öyin afsungarlarini köriş uçun ikki yil kutişga muhtoj emasmiz ham. Aksinça, kuzda milliy jamoalar yiğinlari göyoki futbolni vaqtinçaga tanaffusga çiqarib yuborgandek tuyuladi.
Xöş, unda nega, klublar futboli barça kuzirlarga ega bölib turib ham, biz jahon yoki Yevropa çempionatini özgaça şukuh bilan kutib olamiz? Nega bir onda, oçiliş öyinida madhiyalar yangraşi bilan hamma argumentlar unutiladi-da, «mana şu biz bilgan va sevgan futbol» deb yuboramiz? Keling, hatto bugunga şartlarda ham milliy jamoalar futbolining takrorlanmas jozibasi saqlanib qolgani va buning sabablari haqida söz yuritamiz.
Hammasi faqat bir oy davom etadi
Bu juda ahamiyatli. Biz milliy çempionatlarni qançalik kuzatib, haftadan haftaga sevimli klubimiz öyinini kutsak-da, turnirning bir yilga çözilişi diqqatimizni jalb qilişga xalaqit beradi. Bir yil davomida hammasi özgarişi, jamoalarda pasayiş, kötariliş, jarohatlar kuzatilişi mumkin. Keça Germaniyaning birgina öyinini körib, bu jamoaning ança salohiyatli ekanini tan oldik va nemislar turnir favoritlari safida jiddiy öringa ekani haqida mulohazalar köpaydi. Bir öyinda juda kuçli öyin körsatgan bir jamoaning mavsum davomida öşa saviyada bölişiga işoniş qiyin, taşqi ta’sirlar ham yetarliça böladi. Yevropa çempionatida esa, katta ehtimol mana şu biz keça körgan jamoa turnir davomida kuçayib borişi mumkinki, lekin pasaymaydi.
Umuman, musobaqa endigina boşlanib, atigi bir oy ötar ötmas, finalni tomoşa qilişimizning özi boşqaça hissiyotlar taqdim etadi. Masalan, Çempionlar ligasida ham finalga yaqin öyinlar ahamiyati oşib, hayajon kuçayişi bor, ammo pley-off oxirlagan sari iştirokçi jamoalar kamayib borişi, finalga bir oy vaqt qolgan muddatda atigi tört da’vogar qolişini unutmaylik. Yevroda esa, finalga bir oy qolganda 24 jamoa bor, barça favoritlar hali öz sahifalarini oçgani ham yöq. Finaldan atigi 4-5 kun oldin tört jamoada çempion böliş imkoniyati saqlanib qoladi.
Bundan taşqari, Yevropa çempionatini çalğimasdan, töliq şönğigan holda kuzatiş mumkin. Yil davomida inson turli davrlarni boşdan keçiradi, işda, oilada turli yumuşlari çiqadi, kasallanadi va hokazo. Har qanday klublar futbolini muayyan bir çoğlama bilan tomoşa qiliş imkonsiz. Yevropa yoki jahon çempionati uçun esa, misol uçun, mehnat ta’tili oliş va barça öyinlarni tomoşa qilişga niyat qiliş yoki döstlar davrasida qandaydir tadbir bilan musobaqaning muhim qismlarini birga köriş mumkin. Turnir ötayotgan şaharlarga taşrif buyurib, unutilmas davrni ötkaziş esa, umuman boşqa daraja. Bunday imkoniyatlar klublar futbolida yöq.
Mavzuga oid
Şuning uçun ham odatda futbolga unça qiziqmaydigan yoki jiddiy ta’qib qilmaydigan insonlarning ham aynan JÇ va Yevrolarda vaqtinça muxlisga aylanişini köramiz. «Faqat jahon çempionati finallarini köraman» deb maqtanadigan tanişlar hammamizda bor.
Futbolçilarning sport formasi
Har qanday futbolçining turli davrlari böladi. Doim ham biz kutgan darajada öynolmasligi mumkin, faoliyati davomida pasayişlar, muvaffaqiyatsiz öyinlar yetarliça topiladi. Biz har qanday futbolçiga baho berar ekanmiz, hammasiga umumiy qaraymiz, yaxşi öyinlarini eslab, nimalarga qodir ekaniga baho beramiz.
Jahon va qit’a çempionatlari futbolçilarning eng yaxşi davrini kuzatiş uçun ayni muddao. Çunki musobaqa uçun tanlab olinadigan futbolçilar soni çeklangan. Tabiiyki, murabbiylar ayni damda eng yaxşi holatda bölgan futbolçilarni saralab oladi. Reşford va Grilişni zör futbolçilar sifatida bilamiz, ammo afsuski, oxirgi mavsumda doim ham işonçni oqlaşmadi. Köp marta ulardan hafsala pir böldi, maydonga tuşmasligini ham xohlab qoldik. Oqibatda Sautgeyt ham bu futbolçilarni jamoasiga jalb qilmadi, Reşfordni ham, Grilişni ham Yevroda körmaymiz. Aytmoqçimanki, bu musobaqada maydonga tuşayotgan futbolçi borki, ayni damda yuqori sport formasida, özining yaxşi davrini boşdan keçirayotgan böladi. Hatto odatda uzoq vaqt öz formasini uşlab tura olmaydigan, ba’zi qisqa davrlarda özini körsatadigan futbolçilar ham yaxşi tayyorlanib, reja asosida şu davrda yuqori nuqtaga çiqib olişi mumkin.
Şuning uçun biz eski yulduzlarni eslaganimizda ham, aslida klublarda uzoq davr öynagan, köp yaxşi öyinlar ötkazişgan bölsa-da, biror jahon çempionati yoki Yevro orqali xotiramizga muhrlaymiz. Zidan deganda, albatta, 1998 yoki 2006 yildagi jahon çempionati keladi. Roberto Badjo ança avvalroq «Oltin töp» olgan bölsa-da, uni öşa Braziliyaga qarşi öyindagi penaltisi orqali eslaymiz, Marko van Basten bombardir, demak juda köp gol urgan, ammo Yevro-88 finalidagi goli uning taşrif qoğoziga aylangan va hokazo.
«Oltin töp» uçun muhim musobaqa
Ronaldu va Messi asta-sekin futbolni tark etişyapti, demak bu sovrinni yutiş ham osonlaşadi. Bir yil davomida klublar darajasida juda yuqori saviyada öyin körsatişingiz mumkin, ammo agar Yevropa çempionatida siz emas, hatto jamoangiz qoqilsa, «Oltin töp» oliş imkoniyatingiz keskin tuşib ketadi. Mbappe mana şu bir oy yuqori saviyada öynab, çempion bölsa, Fodenni ham, Kroos yoki Bellinghemni ham osonlik bilan ortda qoldiradi. Hatto faqat bir turnirda özini körsatib ham asosiy da’vogarga aylangan holatlar köp. Kannavaro, Zammer yoki Modriçni eslaş kifoya.
Öz özidan futbolçilar uçun ham bu turnirning ahamiyati katta bölaveradi. Biz ular klublarida katta maoş olişi, barça e’tirofni yil davomida qabul qilişlarini bilamiz, ammo şu bilan birga ularning aynan Yevro yoki JÇ iştirokçisi bölaman deb klub almaştirganini yoki murabbiylar bilan ziddiyatga borganini köramiz. Nega?
Çunki baribir, yuqorida aytganimizdek, futbol tarixidi özini muhrlaş uçun bunday turnirlardan yaxşiroği yöq. Klublar futboli 90-yillardan keyin rivojlanib, bugungi kunga yetib kelgan bölsa, milliy jamoalar futboli ötgan asr örtalarida ham eng ommaviy voqelik bölgan. Tabiiyki, bugungi Musiala, Bellinghem, Keyn, Yamal, Mbappe kabi yulduzlar öz ismlarini Pele, Eysebio, Maradona, Çarlton kabilar iz qoldirgan sahifalarga yozib qöyişni orzu qilişadi.
Milliy jamoalarda transfer yöq
Göyoki jamoani yanada mukammallaştiradigan qurolning işlamasligi ham uşbu musobaqalarni jozibali qiladi. Klublar özi uçun oğriqli pozitsiyalar uçun pul sarflab, istagan futbolçini sotib olişi mumkin. Agar biror mamlakatda top-darajadagi çap qanot himoyaçisi yetişib çiqmasa, murabbiy bori bilan qanoatlanadi va şunga mos yeçimlar qidirişga majbur. Bunday şartlarda ham futbolni kuzatiş va tahlil qiliş ança zavqli böladi. Aynan şu nomukammallik futbolni gözallaştiradi, jalb qiladi, yangi yulduzlarni kaşf etadi ham.
Misol uçun, klublar ma’lum darajada tabaqalangan va tarkiblar şunga asosan şakllanadi. «Mançester Siti» – boy klub, har bir çiziqda şunga yaraşa futbolçilar bor. «Real»da yiğilgan futbolçilar ham saviya, ham maoş, ham umuman futboldagi örni nuqtayi nazaridan bir-biriga yaqin, töğrimi?
Endi tasavvur qiling, norvegiyalik Erling Holand, dunyoning eng yaxşi futbolçilaridan biri va katta ehtimol, Angliya uçinçi ligasida töp suradigan boşqa bir norvegiyalik futbolçi bilan bir jamoada öynaydi. Klublar futbolida faqat öxşab qolsa, mamlakat kubogi ilk bosqiçlarida raqib bölib qolişi mumkin bölgan futbolçi bilan ayni maqsad, ayni orzu yölida birlaşadi. Yana tasavvur qiling, uelslik oddiy muxlis öz milliy jamoasida yoş Garet Beylni köradi. Hatto «Tottenhem» muxlisi qaçondir Beyldan ajralib qolişini aniq bilgan holda, öşa uelslik inson bir narsaga amin – Beyl endi faoliyatining oxirigaça uning jamoasida töp suradi. Bu axir futboldagi tenglikni, hayot insonlarni har qança tabaqalaştirmasin, örtadagi farq aynan futbol tufayli qisqarmayaptimi?
Har jamoaning öz xarakteri bor
Biz har qança harakat qilib, «kambeklar qiroli» unvonini avval «Mançester Yunayted», keyin «Real»ga tirkamaylik, bu aslida şunçaki jurnalistik hiyla ekanini va bunday öxşatişlar vaqtinça bölib, öşa «Mançester Yunayted» hozirgisidan butunlay boşqaça bölganini bilib turamiz. Ha, milliy jamoalarda ham futbol özgardi. Angliya emas, Ispaniya krosslar bilan öynamoqda, Italiya sönggi Yevroni yutganda umuman eski jamoalaridan farqli uslubda töp surdi. Futbol globallaşib, hammasi aralaşib ham ketdi, töğri.
Ammo har bir millatning öz xarakteriga xos xususiyatlar ham heç qayerga ketgani yöq, baribir agar himoyada bexato öynaydigan Italiya, penaltilar seriyasida yutqazaveradigan Angliya, pragmatik Germaniya, maftunkor Braziliya-yu, ğalaba uçun heç narsadan qaytmaydigan Argentina asos sifatida qolaveradi. Çunki bu asos yaqin qaysidir bir neça öyinga emas, asrlarga çözilgan tarixga taqalaveradi.
Tasavvur qiling, Çempionlar ligasi finalida «Real» va «Bavariya» öynamoqda. Şunda «Real»ning falon yildan buyon umuman finallarda yutqazmaganini aytamiz, har yerda yoziladi, töğri, lekin bilasizmi, bu şunçaki bir fakt ekani, bugungi natijaga ta’sir qilmasligini bilib turamiz. Ammo agar Angliya va Germaniya penaltilar seriyasiga qolişsa, inglizlarning bu borada omadsizligi eslanadi va bu juda jiddiy argumentga aylanadi. Ya’ni biz bugungi «Real» saksoninçi yillardagi «Real»dan butunlay boşqa, ammo şu Angliya ellik yil oldingi Angliya bilan umumiylikka ega ekanini qabul ham qilamiz, işonavering. Göyoki, butun tarixdagi barça Yevropa çempionatlari yaxlit bir butunlik bölib, u yerda iştirok etayotgan jamoalar aynan özgarmas, öşa-öşa ekani tasavvuri bizni heç qaçon tark etmaydi.
Oxirigaça kuraşmaydigan «Liverpul» futbolçisini körişingiz mumkin, ammo madhiyani yomon kuyladigan italiyalikni emas.
Atributlar
Eng muhim nuqta. Futbol oddiy sport emasligi aynan terma jamoalar bilan boğliq musobaqalarga qarab aytilganiga amin böliş oson. Biz turli klublarda töp suradigan futbolçilarning hikoyalarini eşitganmiz, öqiganmiz. Albatta, ularni öqir ekansiz, futbolning insonlar hayotida tutgan örni, uning bir inson hayotini qançalik özgartirib yuborişi mumkinligiga amin bölamiz, ibrat olamiz. Lekin baribir, u hikoyalar şaxsiy. Öşa futbolçining hayoti.
Milliy jamoa esa, umumiy. Bu yerda butun bir millat, katta bir mamlakat birgalikda aziyat çekadi, birgalikda quvonadi. Ernesto Valverdening muvaffaqiyatsiz davri uning hayotida qançalik özgarişlarga sabab bölganini öqiş ta’sirli, ammo Roberto Badjoning penaltisi butun mamlakatni yiqitgandi – bu umuman boşqa daraja. Derbilardagi intriga, bir şaharning ikkiga bölinişi, ha, ajoyib afişa, ammo bir mamlakatning bir onda quvonçga burkanişi-yu, bir onda sukut saqlaşi, işoning, umuman boşqa daraja.
Yevropa çempionati vaqtida maydondan taşqaridagi tasvirlar ham qiziq. Ana, bolakay Ronalduning libosini kiyib olibdi, demak portugal. Soçi sariq-ku, demak soçi sariq portugallar ham bölar ekan. Xorvat qizlari çiroyli. Xorvat ekanliklarini qayerdan bilding? Şaxmat tasvirli bayroqni kötarib olişibdi. Özbek katta döppi kiyib oladi, kimdir öz milliy raqsini stadionga «tiqiştiradi», biri musulmon, biri boşqa dindan, farqli madaniyatlar, farqli e’tiqodlar... Insoniyat bir muddat mana şu farqliliklarni köradi, körib ham, bu farqliliklarning aslida ahamiyati yöqligini ham tuşunib yetgandek böladi, bir-biriga qiziqiş bilan qaraydi, yaqinlaşadi. Futbol tufayli.
Keyin madhiyalar yangraydi. Har bir insonda qayergadir, nimagadir mansublik tuyğusini his qiladi. Inson öz holiça emas, boşqalar bilan munosabatlarda, mana şu umumiyatda inson ekanini anglab yetgandek böladi.
Hammasi tugab, futbol boşlanadi. Töqson daqiqa nafaqat özi uçun, mamlakati uçun yangi tarix yozişga urinayotgan yigirma ikki tentakni tomoşa qilinadi. Qolgan hammasi unutiladi. Futbol muhimroq.