Payşanba kuni Şimoliy Koreyaning axborot agentligi Vladimir Putinning Pxenyanga ikki kunlik taşrifi çoğida imzolangan KXDR va Rossiya örtasidagi strategik şeriklik töğrisidagi bitim matnini e’lon qildi. Avvalroq Rossiya prezidenti e’lon qilganidek, hujjat iştirokçilardan biriga qarşi tajovuz röy bergan taqdirda özaro yordam körsatişni nazarda tutadi. Bu uni imzolaganlar, şuningdek boşqa mamlakatlar uçun nimani anglatadi?

Imzolangan hujjatning 4-bandida şunday deyiladi: «Agar tomonlardan biri qandaydir davlat yoki bir neça davlatlar tomonidan qurolli hujumga uçrasa va şu tariqa uruş holatiga tuşib qolsa, u holda ikkinçi tomon zudlik bilan BMT Nizomining 51-moddasiga hamda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunçiligiga muvofiq, zudlik bilan öz ixtiyoridagi barça vositalar orqali harbiy va boşqa turdagi yordamlarni körsatadi».

Ekspertlar va tarixçilar darhol bu band KXDR va SSSR örtasidagi 1961 yilgi şartnoma bandlari bilan deyarli bir xil ekaniga e’tibor qaratişdi — faqat BMT Nizomiga havola berilgani bundan mustasno.

BMT Nizomining 51-moddasi a’zo mamlakatning özini özi himoya qilişi uçun individual yoki kollektiv mudofaa çoralari köriş huquqiga egaligini nazarda tutadi, deya eslatgan Reuters agentligi.

Bundan taşqari, imzolangan kelişuvda tomonlardan biriga qurolli tajovuz qiliş tahdidi yuzaga kelgan taqdirda, davlatlar «öz pozitsiyalarini muvofiqlaştiriş va yuzaga kelayotgan tahdidni bartaraf etişda bir-biriga yordam beriş uçun mumkin bölgan amaliyot çoralarni kelişiş» uçun maslahatlaşuvlar ötkazişi aytilgan.

Janubiy Koreya hukumatining sobiq mulozimi, hozirda Seuldagi Asan siyosiy tadqiqotlar institutida işlayotgan Ça Du Hyogn Reuters agentligi bilan suhbatda özaro mudofaa majburiyatlari 1961 yilgi kelişuvdagiga öxşaş bölsa-da, BMT Nizomi va har bir mamlakatlar qonunlariga havola berilganini turliça talqin qiliş mumkinligini hamda bu kelişuvni ittifoq deyiş qiyin ekanini aytadi.

«Çunki Kim bu şartnoma tuzilişi uçun barça işni qilmoqçi, Putin esa buni istamaydi», — deb hisoblaydi u.

Seuldagi Koreya milliy birlaşuv instituti xodimi Ço Xan Bom Reuters bilan suhbatda imzolangan kelişuvni Rossiya uçun katta ğalaba deb atagan va bu Ukrainadagi uruşda Şimoliy Koreya tomonidan qöllab-quvvatlov uçun huquqiy asos yaratişini ta’kidlagan.

Uning sözlariga köra, kelişuvdagi formulirovka Moskvaga özi şuni istasa, çegaradagi töqnaşuvlar yoki boşqa bölajak mojarolar yuzaga kelgan taqdirda Şimoliy Koreyaga yordam berişdan qoçişga imkon beradi.